So’nggi yangiliklar

23:35Деярли барча футболчилари билан хайрлашган "Металлург" черногориялик ҳужумчисини трансферга қўйди  0 22:45"Реал" нимадан норози?  1 22:15Энцо Мареска: "Манчестер Сити" соврин учун курашга қайтади"  0 21:41Расман: "Навбаҳор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  1 21:28"Goal" АПЛда йилнинг энг яхши трансферлари рейтингини тузди  0 20:50Бруну МЮ раҳбарияти билан келиша олмаяпти  1 20:24"Барселона" ҳужумчиси сафдан чиқди  0 19:59"Навбаҳор" Азимжон Аҳмедов билан янги шартнома имзолади!  6 19:36"Ювентус" Дисасини ижарага олмоқчи  1 19:15"Пахтакор" Муҳаммадқодир Ҳамралиев билан янги шартнома имзолади!  1 18:50Боливияда жамоа керакли натижани сақлаб қолиш учун, ўйин тугамай, майдондан чиқиб кетди  2 18:12"Сурхон" етти нафар футболчи билан янги шартнома имзолади  0 17:43Ферран Торрес "Барса"нинг омадсизликлари ҳақида: "Барчасини вақт кўрсатади"  9 17:17Ильгиз Танташев яшил майдонга қайтди  2 17:06Ўзбекистон U-16 термаси Тошкент вилояти футбол академияси жамоасига қарши ўйин ўтказди   3

Nega Qosimovning "ketmoni uchmayapti"? Yangiliklar

Nega Qosimovning "ketmoni uchmayapti"?

Bugungi mavzumiz AGMK yoki OKMK bo'ladi.

Olmaliq klubi moliyaviy jihatdan yurtimizdagi eng baquvvat va barqaror jamoalardan biridir. Tarkib ham kishining havasini keltiradigan darajada sayqallangan. SHu tufayli "konchilar"ga yangi mavsum chempionligi uchun asosiy davogarlardan biri sifatida qaralayotgan edi. Biroq, start maksimal darajada omadsiz bo'ldi.

Superliganing dastlabki 3 turida 2 bor mag'lub bo'lgan AGMK kubokni ham durang bilan boshladi. Allaqachon "Qizilqum", "Bunyodkor" va "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergan "Lokomotiv" Mirjalol Qosimov shogirdlari bilan 2-o'yinda ham engilmadi.

Keling, jamoa ishtirokidagi oxirgi 7 ta rasmiy uchrashuvga etibor qaratamiz.

20 noyabr. "Qo'qon-1912" 2:2 AGMK (Superliga)

24 noyabr. AGMK 0:2 "Nasaf" (kubok)

27 noyabr. AGMK 0:1 "So'g'diyona" (Superliga)

4 mart. "Metallurg" 1:0 AGMK (Superliga)

11 mart. "Lokomotiv" 2:1 AGMK (Superliga)

1 aprel. "Surxon" 1:2 AGMK (Superliga)

7 aprel. AGMK 1:1 "Lokomotiv" (kubok)

Xullas, AGMK 21 lik imkoniyatdan atigi 5 ochko jamg'arishni uddaladi. Bu chempionatning hozirgi ishtirokchilari orasidagi eng yomon natijalardan biri hisoblanadi (Pastda faqat "Dinamo" bor).

Jamoaning omadsiz o'yinlariga har kim turlicha sabab ko'rsatishi mumkin. Optimal tarkib yig'ilmayotgani, jaroxat-u diskvalifikaciyalar, mavsum endigina boshlangani, hakamlar va h.k. Biz esa xulosa qilishga shoshilmay, "Lokomotiv" bilan o'yindagi eng xavfli vaziyatlarga etibor qaratamiz.

8-daqiqa. Xurshid G'iyosov chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydonchasiga oshirdi — gol!

39-daqiqa. Mirjamol Qosimov chap qanotda belgilangan jarima zarbasidan to'pni raqib darvozasi oldiga etkazib berdi...

42-daqiqa. Sardor Rahmonov chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni markazga oshirdi. Keskin vaziyat yuzaga keldi.

43-daqiqa. Dilshod Ahmadaliev o'ng qanotdan oldinga o'tib, to'pni markazga oshirdi. Yana bir zarba.

59-daqiqa. O'ng qanotdan yana bir uzatma, Alisher Jalilovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga darvoza ustuniga tegdi.

71-daqiqa. CHap qanotdan oldinga o'tgan Mirjamol Qosimovning jarima maydoni ichiga oshirgan uzatmasi xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi.

73-daqiqa. Akrom Komilov chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi. Jarima maydoni ichidagi Mirjamol Qosimov penalti ishlashga harakat qilib ko'rdi.

90+4. AGMK burchak zarbasidan keyin qulay imkoniyatga ega bo'lgandi.




Bu nima degani? Bir o'yinda 8 ta xavfli epizod yaratilmoqda. Va ularning barchasi qanotdan jarima maydoni ichiga uzatilgan to'plardan keyin paydo bo'ldi

Bilasiz, Qosimov murabbiy sifatida kross va standart vaziyatlarga alohida etibor qaratadi, urg'u beradi. Buni siz-u men bilsak, AGMKga qarshi o'ynaydigan raqiblar ham anglagan, albatta. SHu tufayli har o'yinga alohida yondashish, raqibga ko'ra taktika tanlash lozim. Bu ishni Olmaliq klubi murabbiylar shtabi nechog'lik uddalamoqda?

Mazkur savolga javob olish uchun AGMK tomonidan urilayotgan oxirgi gollarga etibor qaratamiz. So'nggi 8 rasmiy o'yinda raqib darvozasi 9 bor ishg'ol qilingan. Gollarning barchasi penalti yoki qanotdan amalga oshirilgan uzatmalaridan keyin ro'y bergan. Tarkibda Sanjar Tursunov, Mirjamol Qosimov hamda Alisher Jalilov singari ijrochilar bo'lsa, bu klub uchun xunuk statistika sanaladi. Demak, xilma-xillikning ustiga chiziq tortib, yoniga katta 0 qo'ysak bo'ladi.

Baxtga qarshi himoyadagi ishlar ham yurishmayapti. 2021 yil oxiridagi 4 ta muhim bahsda 7 ta gol o'tkazib yuborilgach, jamoaning mudofaa chizig'i yangilandi. Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov va Abdulla Abdullaev singari yangi nomlar olib kelingan bo'lsa ham, Olmaliq klubi yangi mavsumdagi hech bir o'yinni "quruq" tugata olmadi.

Tajribali mutaxassisning o'zi bu boradagi savolga shunday javob qaytardi: "Mavsum endigina boshlandi, hali tugamadi. Jo'jani kuzda sanaymiz".

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov bu jumlani o'tgan yilning may oyida ham ishlatgan (Termizda). Kuzga borib AGMK o'zi uchun eng muhim 2 uchrashuvni "Nasaf" va "So'g'diyona"ga boy berib, xalqaro maydon chiptalaridan quruq qolgan edi...

Mutolaa uchun: "Barsa"ning buyuk xatosi 

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика