"Paxtakor" himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov o'z poziciyasida dunyoning eng kuchli 20 nafar yosh futbolchisi qatoriga kirdi
23 dek 2024 15:39
Yangiliklar
"Paxtakor" himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov o'z poziciyasida dunyoning eng kuchli 20 nafar yosh futbolchisi qatoriga kirdi
Abdumajidov Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) talqiniga ko'ra U-21 yosh toifasidagi o'ng qanot himoyachilari orasida 19-o'rinni egalladi.
Reytingni tuzishda WyScout platformasining statistik ko'rsatkichlari hisobga olindi.
Abdumajidov 2024 yilgi mavsumda "Paxtakor" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt 20 yoshli himoyachini 225 ming evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Championat.asia va Transfermarkt saytlarining qo'shma ovoz berish natijalariga ko'ra Abdumajidov Superligada mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lgandi.
Avvalroq Abduqodir Husanov CIES reytingida markaziy himoyachilar orasida birinchi o'rinni egallagani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar