So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

Qosimov rekordchi, Berdiev ikkinchi, Babayan Abramovga etib oldi Yangiliklar

Qosimov rekordchi, Berdiev ikkinchi, Babayan Abramovga etib oldi

Osiyo chempionlar ligasida o'zbek klublarini boshqargan murabbiylar statistikasiga nazar.

Kuni kecha Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqich o'yinlari start oldi. Bir yo'la to'rtta klubimiz guruhdagi o'z uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Biz etiboringizni bosh murabbiylarga qaratmoqchimiz. OCHLda bosh murabbiy sifatida o'zbek klublari bilan eng ko'p o'yin o'tkazgan mutaxassis Mirjalol Qosimov hisoblanadi. Qosimov o'z vaqtida "Bunyodkor", hozirda OKMK bilan qitaning eng nufuzli musobaqasida bosh murabbiy bo'lib jami 49ta o'yin o'tkazgan. U boshchiligidagi klub 20 marta g'alaba qozongan va 64ta gol urishga erishgan.

"Nasaf" klubi shu kunga qadar OCHLda jami 37ta o'yin o'tkazgan. Etiborlisi bu o'yinlarning barchasida Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy bo'lgan!

O'yin o'tkazish bo'yicha keyingi o'rinda marhum Viktor Jalilov joy olgan - 26ta bahs. Jalilov "Paxtakor" va "Mashal" bosh murabbiyi sifatida OCHLda ishlagan.

"Lokomotiv" ustozi Andrey Miklyaev hisobida 22ta o'yin mavjud. "Neftchi" afsonasi Yuriy Sarkisyan hisobida 22ta o'yin bor. "Bunyodkor" bilan 3 mavsum ishlagan Sergey Lushchan OCHLda 21ta o'yinda bosh murabbiy bo'lgan.

"Navbahor" ustozi Samvel Babayan o'yinlar soni bo'yicha "Lokomotiv" sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramovga etib oldi - 8tadan.

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackixning OCHLdagi debyuti yirik mag'lubiyat bilan boshlandi.

Ro'yxatda SHota Arveladze, Tachmurad Agamurodov, Luiz Felipe Skolari, Amet Memet, Slavche Voyneski, Deyan Jurjevich, Valeriy Nepomnyashchiy, Miodrag Radulovich, Piter Xyuistra, Ziko, Hakim Fuzaylov kabi xorijlik murabbiylar bor.

Agar hozirgi murabbiylar yil oxirigacha o'z lavozimlarida qolishsa Qosimov 50, Berdiev 40, Babayan 10-o'yinlarini o'tkazishadi.


Murabbiylar

O'yin

Yutuq

Durang

Mag'lubiyat

T-N

Ochko

Mirjalol Qosimov 

49

20

15

14

64-60

75

Ro'ziqul Berdiev 

37

12

9

16

38-48

45

Viktor Jalilov 

26

15

4

7

42-34

49

Andrey Miklyaev 

22

6

9

7

28-26

27

Yuriy Sarkisyan 

22

8

1

13

26-38

25

Sergey Lushchan 

21

3

5

13

16-31

14

Ravshan Haydarov 

17

6

4

7

24-26

22

SHota Arveladze 

15

8

3

4

20-15

27

Tachmurad Agamurodov 

14

6

3

5

17-12

21

Luiz Felipe Skolari 

9

4

1

4

14-15

13

Vadim Abramov 

8

2

1

5

14-15

7

Samvel Babayan 

8

2

4

2

8-9

10

Amet Memet 

7

3

2

2

6-9

11

Andrey Fyodorov 

7

2

1

4

10-12

7

Slavche Voyneski 

6

2

0

4

10-15

6

Deyan Jurjevich 

6

2

1

3

6-10

7

Murodjon Ismoilov 

6

2

1

3

6-9

7

Valeriy Nepomnyashchiy 

6

3

1

2

11-7

10

Miodrag Radulovich 

6

3

0

3

8-10

9

No'mon Hasanov 

6

3

1

2

10-9

10

Piter Xyuistra 

6

1

4

1

6-8

7

Aleksandr Volkov 

5

2

0

3

5-8

6

Ziko

2

1

0

1

1-3

3

Hakim Fuzaylov 

2

0

0

2

3-6

0

Maksim SHackix 

1

0

0

1

0-3

0




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика