So’nggi yangiliklar

23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди. Футболчи   0 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  22 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0

Qosimov: "Butun O'zbekiston ahlini Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman" Yangiliklar

Qosimov: "Butun O'zbekiston ahlini Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman"

O'zbekiston Superligasining 16-tur Navbahor hamda AGMK uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

“Assalomu alaykum. Avvalambor, butun O'zbekiston ahlini, muxlislarni jamoamiz nomidan Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, juda ham qiziqarli o'tdi. Stadiondagi muhit va maydon holati ham ajoyib darajada edi. Kurashlarga boy o'yinni ko'rdik. Qolaversa, omadimiz ham keldi. Birinchi bo'lim bo'lim boshida, yani, Kasyan birga-bir chiqib, gol urganida bahs boshqacha bo'lishi mumkin edi. Yigitlarimiz esa oxirigacha kurashishdi. Oldin ham hozir ham aytaman vodiyda «Navbahor»ga qarshi o'ynash juda ham qiyin kechadi. Sababi muxlislarning 12-o'yinchi bo'lib qo'llab-quvvatlashi futbolchini yugirishga majbur qiladi. So'nggi vaqtlarda «Navbahor»ga ozgina omad etishmayapti. O'ylaymanki, keyinchalik barchasi o'z joyiga qaytadi. Biz ham muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish qilishni xohlamoqdamiz. Jamoamiz hali yangi va ular bir-birini tushinib ketishi uchun ozgina vaqt kerak. Bugungi natijadan qoniqdim, o'yinni esa kuchaytirishimiz kerak. Kanchelskis va  Jurjevichni hozir solishtirish haqidagi savol esa noo'rin deb bilaman. Murabbiy o'zgargani bilan futbolchilar o'sha o'sha. Yoshligimda «Paxtakor-79» o'yinlarining bazi lavhalarini ko'rganman. Yarim himoyadagi Mixail Anning harakatlarini aytib o'tgan bo'lardim. O'sha paytdagi jamoada yosh juda ham iqtidorli futbolchilar bo'lgan. Afsuski, o'sha fojia o'zbek futbolining ildiziga tasir qildi", deydi Qosimov.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика