So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  2 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  14 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

Qosimov: Ahmedovning tez orada safga qaytishiga umid qilamiz Yangiliklar

Qosimov: Ahmedovning tez orada safga qaytishiga umid qilamiz

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov terma jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri Odil Ahmedovning jaroxati jiddiy bo'lib chiqmasligini va futbolchi tez orada safga qaytishiga umid bildirdi.
Interfutbol gazetasiga bergan intervyusi chog'ida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Odil Ahmedov bilan qo'ng'iroq orqali suhbatlashganini va uning tez orada safga qaytishi mumkinligini aytib o'tgan: Ahmedov bilan o'shi kunning o'zidayoq telefon orqali bog'landik. Uning kayfiyati yomon emas edi. O'yinning ertasi kuni tibbiy tekshiruvdan o'tdi va rentgen natijalariga ko'ra uning mushaklarida zo'riqish borligi aniqlangan. Bu unchalik jiddiy jarohat emas va uning tiklanishi uchun deyarli ikki hafta vaqt kifoya qilishi mumkin. SHunda bo'lsa ham u chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishi lozim va shundan keyingina uning jaroxatiga aniq tashhis qo'yilishi mumkin. Odilning o'zi jaroxat olgan paytida oyog'ida qattiq og'riq his qilganini aytgan, bu esa jaroxatning biroz jiddiyligini bildiradi. Umid qilamizki, qayta tekshiruvdan o'tgach bu jaroxat unchalik jiddiy bo'lib chiqmaydi, - deydi Qosimov.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi shuningdek, futbolchining mehnatkashligini va bu unga jaroxatini tezroq engib o'tishi uchun yordam berishi mumkinligini qo'shimcha qildi: Har qanday holatda ham, bundan jaroxatlarni davolash uchun kamida uch hafta vaqt ketadi. Albatta, biz yaxshi niyat qilamiz. Odil - juda mehnatkash futbolchi va juda irodali yigit. Jaroxatidan tuzalishda bu juda katta ahamiyatga ega. Asosiysi, ishlashdan va mehnat qilishdan to'xtamaslik kerak.

Odil Ahmedovning Osiyo Kubogi-2015 bahslariga boradigan tarkibga kiritilishi borasidagi savollarga esa Qosimov quyidagicha javob berdi: Albatta, bunga juda umid qilamiz. O'ylaymanki, bu borada hech qanday muammo bo'lmaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика