Qo'rqitishlarga qaramasdan "Xaddersfild" tanqidlarga ko'milgan liboslarni sotuvga chiqardi
25 iyu 2019 00:33
Yangiliklar
Qo'rqitishlarga qaramasdan "Xaddersfild" tanqidlarga ko'milgan liboslarni sotuvga chiqardi
"Xaddersfild" rasmiy do'konida klubning yangi mavsum uchun chiqarilgan liboslari sotuvga qo'yildi.
Yodingizda bo'lsa, ushbu liboslar namoyishida katta tanqidga uchragandi. SHuningdek, FA tomonidan taqiqqa uchrashi ham mumkinligi aytilgandi.
Meyorlarga ko'ra, klubning rasmiy homiysi logosini bunday kattalikda liboslarga joylashtirish taqiqlangan. Angliya matbuotining xabariga ko'ra, "Xaddersfild" yangi mavsumda shu ko'rinishdagi libosida o'ynamasligi aniq bo'lib ulgurgan.
Fikrlar