So’nggi yangiliklar

18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  7 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  11 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  21 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  7

Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilari o'rtasida “Iqtidor” turniri o'tkazilmoqda Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilari o'rtasida “Iqtidor” turniri o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, maktab o'quvchilari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida turli musobaqalar va festivallar tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 23-24 may kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqala tumanining Bo'ston shaharchasida O'FA va PFL tashabbusi bilan tumanlararo “Iqtidor” turniri o'tkazilmoqda. Ushbu turnirni tashkil qilishdan asosiy maqsad, respublikamizning chekka-chekka qishloq va tumanlarida joylashgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida sportning futbol turini ommalashtirish, ushbu sport turiga iqtidori bor yoshlarni izlab topishdir.

Mazkur futbol musobaqasi 2 xil yosh toifasida tashkil etilgan bo'lib, futbolchilar 13-14 hamda 15-16 yosh toifalariga bo'lingan holda musobaqalashadilar. Tumanlararo “Iqtidor” turnirini yurtimizning barcha viloyatlarida o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика