Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilari o'rtasida “Iqtidor” turniri o'tkazilmoqda

Narzulla Saydullayev
24 may 2018, 13:26
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, maktab o'quvchilari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida turli musobaqalar va festivallar tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 23-24 may kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqala tumanining Bo'ston shaharchasida O'FA va PFL tashabbusi bilan tumanlararo “Iqtidor” turniri o'tkazilmoqda. Ushbu turnirni tashkil qilishdan asosiy maqsad, respublikamizning chekka-chekka qishloq va tumanlarida joylashgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida sportning futbol turini ommalashtirish, ushbu sport turiga iqtidori bor yoshlarni izlab topishdir.

Mazkur futbol musobaqasi 2 xil yosh toifasida tashkil etilgan bo'lib, futbolchilar 13-14 hamda 15-16 yosh toifalariga bo'lingan holda musobaqalashadilar. Tumanlararo “Iqtidor” turnirini yurtimizning barcha viloyatlarida o'tkazish rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com