"Qora o'rgimchak" - Lev Yashin!
22 okt 2016 22:30
Yangiliklar
"Qora o'rgimchak" - Lev Yashin!
SHu munosabat bilan afsonaviy darvozabon haqida malumotlar taqdim etishga qaror qildik.
Lev Ivanovich Yashin - 1929 yilning 22 oktyabrida Moskvada tug'ilgan. Sobiq ittifoq terma jamoasi va "Dinamo" darvozaboni. Olimpiada va Evropa chempioni. Sobiq ittifoqning 5 karra chempioni, hizmat ko'rsatgan sport ustasi, mehnat qahramoni, polkovnik.
FIFA talqini bo'yicha XX asrning eng zo'r darvozaboni. Futbol tarixida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan yagona darvozabon.
So'nggi uchrashuvini 1971 yilning 27 mayida o'tkazgan.
Tarjimai hol
Lev Yashin Moskva shahrining Bogorodskoe tumanida chilangar oilasida dunyoga kelgan.
Jahon urushining boshlanishi 11 yoshli Levning oilasi bilan Ulyanovskka ko'chib ketishga sabab bo'ladi. 1943 yilda esa u o'sha erdagi zavodda chilangarning shogirdiga aylanadi. 16 yoshida esa Lev Yashin "Urush vaqtidagi mehnatlari uchun" mukofoti bilan taqdirlanadi.
1944 yilda Yashinlar oilasi Moskvaga qaytadi. Qahramonimiz esa zavodda ishlashda davom etadi. Bo'sh vaqtida esa o'zining sevimli sport turi bilan shug'ullangan, Tushin jamoasining darvozasini ham qo'riqlagan. 18 yoshida esa uni harbiy xizmatga chaqirishadi. Xizmat Moskvada o'tgan. Aynan o'sha erda u "Dinamo" Moskva murabbiyi CHernishyov nazariga tushadi va yoshlar jamoasiga taklif etiladi. 1949 yilning bahorida Yashin asosiy jamoaning uchinchi raqamli posboniga aylanadi. O'shandan beri u faqatgina "Dinamo" safida o'ynagan.
Sport faoliyati avvalida u xokkey bilan ham shug'ullangan. 1953 yilda xokkey bo'yicha mamlakat chempionatida darvozabon sifatida bronza medallarini qo'lga kiritgan. 1954 yilgi jahon chempionati oldidan xattoki xokkey terma jamoasiga nomzod bo'lgandi. Lekin, u bor etiborini futbolga qaratishga qaror qiladi.
(Yashin o'rtada)
"Dinamo" futbol jamoasi safida besh marotaba mamlakat chempioni bo'lgan va uch marotaba kubok sohibiga aylangan.
1954 yildan boshlab terma jamoa darvozaboni sifatida 78 ta o'yinda ishtirok etgan. 1956 yilda Melburndagi Olimpiadada, 1960 yilda esa Franciyadagi Evropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan.
1959 yilda "Torpedo" safida uchta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan.
Terma jamoa bilan uchta jahon chempionatida ishtirok etgan.
1963 yilda u "Franc futbol" jurnalidan "Oltin to'p"ni qabul qilib olgan.
1971 yilning 27 mayida Moskvadagi stadionda, 103 mingdan ziyod tomoshabin ko'z o'ngida Lev Yashinning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tgan. O'shanda Kiev, Moskva, Tbilisidan kelgan "Dinamo"chilar tarkibida Eysebio, Bobbi CHarlton, Gerd Myuller kabi futbolchilar bo'lgan yulduzlar jamoasiga qarshi o'yin o'tkazgandi. O'shanda Yashin maydonni tark etayotib qo'lqoplarini 23 yoshli darvozabon Vladimir Pilguyga taqdim etgandi.
Futbolchilik faoliyati yakunlanganidan so'ng u murabbiylkr maktabini tamomlagan. So'ngra "Dinamo" boshlig'i sifatida faoliyat yuritgan. Turli bolalar jamoalarida murabbiylik qilgan.
50 yoshdan so'ng Yashinning oyog'ida ko'p chekish sababli gangrena boshlangan. 1984 yilda esa uning oyoqlari kesib tashlangan. Operaciyadan so'ng ham chekishni davom ettirgan. 1989 yilda esa Isroilga tashrifi vaqtida unga "ajoyib protez" taqdim etilgan.
1990 yilning 18 martida unga mehnat qahramoni unvoni taqdim etilgan. Oradan ikki kun o'tib esa vafot etadi.
Erishgan natijalari:
Xokkey
Mamlakat kubogi sohibi: 1953 yil
Mamlakat chempionati bronza medali sohibi: 1953 yil
Futbol
"Dinamo"
Sobiq Ittifoq chempioni: 1954, 1955, 1957, 1959, 1963
Mamlakat kubogi sohibi: 1953, 1967, 1970
Kumush medal sohibi: 1956, 1958, 1962, 1967, 1970
Bronza medali sohibi: 1960
Terma jamoada
Olimpiada chempioni: 1956
Evropa kubogi sohibi: 1960
Evropa kubogi bronza medali: 1964
JCH bronza medali sohibi (4-o'rin uchun): 1966
SHaxsiy yutuqlari:
Futbolchi sifatida "Oltin to'p" sohibi: 1963
Sobiq Ittifoqning 11 karra eng yaxshi darvozaboni
XX asrning eng yaxshi darvozaboni
Hizmat ko'rsatgan sport ustasi: 1957
Yil darvozaboni: 1960, 1963, 1966
Lev Yashin haqida faktlar
U juda ko'p sigareta chekardi. 13 yoshidan bu odatni boshlagan. Yakushin, Kachalin kabi murabbiylar unga chekishni qatiy ravishda taqiqlaganlar. Aynan chekish sabab uning oshqozonida kasallik paydo bo'lgan. SHuning uchun u o'zi bilan soda olib yurgan. Ushbu istemol sodasi unga og'riqni qoldirishda yordam bergan.
1949 yilda bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinlaridan birida u faoliyatidagi eng g'alati golni o'tkazib yuborgan: raqib darvozaboni Ermasov juda kuchli zarba beradi. Yashin esa to'pga chiqishda jamoadoshlaridan biriga to'qnashib ketadi va to'p qahramonimiz qo'riqlayotgan darvozaga borib tushadi.
Uning ajoyib statistikasi bor: Lev yashin 22 mavsum davomida bitta klubda o'ynagan (1949 yildan 1970 yilgacha). Faoliyati davomida 207 ta "quruq" o'yin o'tkazgan.
Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi
Fikrlar