So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

"Qor jangi"dagi tarixiy g'alaba Yangiliklar

"Qor jangi"dagi tarixiy g'alaba

Va nihoyat o'zbek futboli tarixida yana bir quvonchli natija qayd etildi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi "U-23" terma jamoamiz Xitoyda bo'lib o'tgan va dramatik voqealarga boy tarzda kechgan qita chempionati finalida irodali va matonatli Vetnam terma jamoasini chiroyli tarzda mag'lub etib chempionlikni qo'lga kiritdi. Ob-havoni o'ta noqulay kelganligiyu, tinimsiz qor yog'ib turganligi futbolchilarimiz hohishi oldida ojiz qoldi. G'olib bo'lish uchun hatto ikki taymda ikki xil rangdagi liboslardan foydalanganimizga nima deysiz?) Bunaqa dramatik finalni yana qaerda ko'rish mumkin? Eng qizig'i, g'alaba to'pini kiritgan "Qo'qon-1912" jamoasi hujumchisi Andrey Sidorov musobaqa davomida 2 ta o'yinda qatnashdi va maydonda bor yo'g'i 8 daqiqa harakat qildi. Andrey finalgacha guruh bosqichi doirasidagi Qatar bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgandi. Vetnamga qarshi bahs qo'shimcha bo'limlarining eng so'nggida maydonga tushirilgan hujumchi darvoza tomon faqat bir marta zarba berdi va gol urdi. Etiborlisi ana shu zarba Sidorov uchun musobaqadagi dastlabki va yagonasi edi. Ana shundan ham bilsa bo'ladiki, yigitlarimizda ishtiyoq va hohish juda baland va kuchli edi.

O'yin tafsiloti va sharhiga to'xtalib o'tmoqchi emasman. Futbolimizga befarq bo'lmagan inson borki, "Sport" kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri olib berilgan o'yinni tomosha qilganiga shubham yo'q. Qolaversa, erta-indin chiqadigan gazeta sahifalarida o'yin borasidagi malumotlar to'liq beriladi. Final qahramonlarini ko'klarga ko'tarib maqtaydiganlar ham keragicha topiladi. Bu ishni ortig'i bilan bajarishni do'ndirishimizga ko'zim etadi va aytish mumkinki, yigitlarimiz ayni damda istalgan maqtov va ko'tar-ko'targa munosibdir. To'g'rida, axir ular futbolimizda yana bir tarixiy sahifa ochishga muvaffaq bo'lishdi. Ayniqsa, so'nggi paytlarda istalga yoshdagi futbolchilarimizda shakllanib qolgan yapon va koreys futbolidan qo'rqish, ularni enga olmaslik sindromiga chek qo'yilganligi alohida tarifu-tahsinga sazovor.

Meni quvontirgan jihatlardan yana biri R.Haydarovni ko'p sonli tanqidlarga javoban yuqori natija qayd eta olganligidir. SHu paytgacha o'zim ham doim R.Haydarovni ikkinchi raqam ostida harakat qiladigan, kimlarningdir "o'yinchog'i" sifatida harakatlanadigan murabbiy sifatida bilar edim. Turnirdan so'ng unga bo'lgan munosabatim o'zgardi. To'g'ri, R.Haydarov qo'l ostida bugungi kunda o'z tenqurlari orasida eng kuchlilar jam bo'ldi. Lekin, so'nggi o'yinlarimizda murabbiy qo'li sezilib turdi. Haydarov tomonidan amalga oshirilgan o'zgartirishlar, o'yinlarga tanlanayotgan taktikalar o'zini oqlaganini hamma ko'rdi. Va nihoyat yakka o'zi ham natija ko'rsata olishini isbotlab berdi. Buning uchun Ravshan aka juda katta psixologik to'siqni sabr va matonat bilan engib o'tishiga to'g'ri keldi. Aytish mumkinki, Haydarov tomonidan qilingan sabr va tinimsiz mehnat yakunda unga juda katta mukofot hadya etdi. Boshqacha aytganda, u o'zini kuchli mutaxassislardan biri ekanligini keng ommaga isbotlay oldi.

Vatanimiz qahramonlari bugun soat 23:50 da yurtimizga qaytib keladi. Milliy terma jamoamiz kelajagi sifatida qaralayotgan yigitlarimiz, so'nggi paytlarda salbiy natijalar qobig'iga o'ralib qolgan futbolimizga qaytadan umid va ishonch baxsh eta olish bilan birga, futbolimizdan ko'ngli qola boshlagan ashaddiy muxlislarimizni yana orzular og'ushiga sho'ng'ishga, 2019-yildagi Osiyo chempionatiyu, 2022-yilda Katar maydonlarida bo'ladigan Mundialda ishtirok etish haqida o'ylay boshlashga undamoqda. Katta ehtimol bilan aynan mana shu yigitlar Katar maydonlarida asosiy rollardan birini o'ynaydi. Buning uchun esa, ularga to'g'ri munosabatda bo'lishimiz, bundan keyingi ishlarni reja asosida amalga oshirishimizga to'g'ri keladi.

SHu manoda, menga futbolchilarimizning keyingi taqdirlari qiziqroq. CHunki, shu paytgacha muvaffaqiyat qozongan yigitlarimizni hech qancha vaqt o'tmay yo'qolib qolganligini ko'rganmiz. O'z vaqtida ko'klarga ko'tarib, davralar to'rida olib yurilgan "meksika qahramonlari" bugun yo'q. Qita chempionatlarida muvaffaqiyatli to'p surgan avlod vakillaridan ham katta qismini yo'qotib bo'lganmiz. Ana shu achchiq tajribadan to'g'ri xulosa qilgan holda, MTJning ertangi vakillari sifatida qaralayotgan bugungi kun qahramonlariga to'g'ri munosabatda bo'lishimiz lozim.

Xitoydagi chempionat o'yinlarini o'sha erning o'zida tahlil qilib borgan taniqli futbol eksperti, OFK instruktori Islom Ahmedovning so'zlariga ko'ra, deyarli hamma o'yinchilarimizda qiziqarli takliflar bor. U erda xorijlik skautlar futbolchilarimizni diqqat bilan kuzatib borishgan. Balki, ayni navqiron paytida, ayni chetga chiqib to'p tepishi kerak bo'lgan futbolchilarimizni tushayotgan takliflar asosida horij klublariga qo'yib yuborganimiz maquldir. SHu paytgacha futbolimizdagi ayrim kishilarning injiqligi deb bir nechta futbolchilarimizni (nomma nom sanab o'tish shart emas) horij klublariga yo'l olishiga to'sqinlik qilib kelingan. Balki, endi bu kabi qaysarliklardan tiyilarmiz. CHunki, aynan shu yigitlarimiz kelajagimiz garovi sifatida gavdalanayapti va ularning katta qismini kuchli horij jamoalarida to'p tepishi bizni Katar tomon yanada yaqinlashtirishi hech kimga sir emas. Ishonch bilan ayta olamanki, Osiyo chempionatida o'ynagan futbolchilarimizning deyarli barchasi istalgan xorij jamoalarida o'z o'rnini topa oladi.

P.S. Osiyo chempionati boshlanishidan oldin u erga shu tarkib o'rniga xuddi Yaponiya kabi 21 yoshli futbolchilarni olib ketilishi tarafdori bo'lganman. CHunki, bu kelajak uchun muhim qadam bo'lar edi. Qolaversa, OCHL pley-offida ishtirok etadigan "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalarining muhim o'yinchilari ham Xitoyga yo'l olgandi. Ana shu vajlar sabab ular emas yoshroq yigitlarimizga imkon berilishini hohlagandim. Boshqa tomondan, Xitoyda o'ynagan yigitlarimiz uchun ham bu eng so'nggi imkoniyat edi. Bundan buyon ular aynan shu tarkibda birga o'ynay olishmas edi. Balki, shu omil ham futbolchilarimizni bir tanu bir jon bo'lishga, yagona maqsad yo'lida birlashishga, bir yoqadan bosh chiqarishga undagandir. Fakt shuki, ular o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishdi, yangi tarix yaratishdi. Bundan esa hammamiz xursandmiz. Balli yigitlar! Olg'a O'zbekiston!  

Ulug'bek SHukurullaev

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика