Qor bosgan "JAR"dan fotomaqola
28 noy 2014 10:04
Yangiliklar


Qor bosgan "JAR"dan fotomaqola
Futbolchilarimiz maydonni yaxlashga qo'ymayaptilar...
Bugundan etiboran terma jamoamizning mashg'ulotlariga qo'shilgan Ignatiy Nesterov, "SA" salom", - degancha oldimizdan yugurib o'tib ketdi.
Krimec esa kecha oyog'ini biroz qayirib olganligi uchun yakka tartibda shug'ullandi. Uning axvoli hozirda ancha yaxshi.
Volkov qisqa fursat ichida terma jamoamiz muhitiga moslashib oldi. Uning xizmatlari bizga Osiyo Kubogida as qotishi tayin.
SHavkat Mullajonov uchun Qatardagi Osiyo Kubogi katta-katta eshiklarni ochib yuborgan edi.
Pyotr Gizimchuk shogirdlarini Osiyo Kubogiga tayyorlayapti. Husan aka aytganlaridek, Balli Pyotr!
Ahmedov haqidagi yangilik terma jamoamiz ustozini quvontirgani aniq.
Jasur Hasanov Saudiya Arabistoniga ketishini inkor etmadi. Lekin o'ylashi uchun vaqt borligi, katta ehtimol bilan Osiyo Kubogidan keyin yakuniy qarorga kelishini takidlab o'tdi.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar