Qo'qondagi turnir yakunlandi
23 may 2019 10:42
Yangiliklar
Biz sizlarga Qo'qon shahrida “9 may xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan futbol akademiyalari, professional futbol klublari tasarrufidagi futbol maktablari hamda sport maktablarining futbol bo'limi tarbiyalanuvchilari o'rtasida, “Qo'qon-1912” (Temiryo'lchi) jamoasining sobiq futbolchisi va ichki ishlar xodimi, marhum Nazarov Abror O'lmasovich xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
Respublikamizning turli shahar va tumanlaridan 2007-2010 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jami 6 jamoa ishtirok etgan musobaqa festival ko'rinishida o'tkazildi. Kecha musobaqaning yakuniy o'yinlari hamda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda marhum Abror Nazarovning yaqinlari, do'stlari hamda faxriy futbolchilar ishtirok etishdi. Tashkilotchilar tomonidan musobaqaning barcha ishtirokchilariga sovg'alar tarqatildi. Bolajonlarning ko'zlaridagi quvonchni ko'rgan har bir inson yana bir bor bolalik chog'larini esladi.
Yuqori saviyadagi tashkilotchilikdan musobaqaga tashrif buyurgan barcha jamoalar xursand bo'lib uylariga qaytishdi. Buni quyidagi suratlarda o'zingiz ham ko'rishingiz mumkin. Mana shunday turnirlarning o'tkazilishi kelajak avlodni sportga, xususan futbolga bo'lgan mehrini yanada oshishiga sabab bo'lishi aniq.










Akramjon Mamadaliev.
Suratlar muallifi Komiljon Xamidov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar