So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

"Qo'qon-1912" va "Surxon" o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" va "Surxon" o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Teglar :  Qo'qonSurxon
"Qo'qon-1912" klubi Termizning "Surxon" klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.

Davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalanib, ikkinchi davraga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" jamoasi bugun Toshkent shahrida nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"SHunqorlar"ning raqibi Termizning "Surxon" jamoasi bo'ldi. Baxtiyor Ashurmatov o'rtoqlik o'yinida tarkibda bo'lib turgan barcha futbolchilarga o'ynash imkonini berdi. Jarohat sababli Murod Xolmuhammedov hamda yaqinda o'z vatanidan qaytib kelgan Slavko Lukichlar bugungi o'yinda qaydnomaga kiritilmadi.

Uchrashuv vodiyliklarning hujumlari bilan boshlandi. O'yinning dastlabki daqiqalarida Xamiddilo Abduxamidov hamda SHohnazar Norbekovlarda qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. O'yinning 35-daqiqasiga kelib raqib himoyachilari Xamidillo Abduxamidovni to'xtatib qolishni uddasidan chiqa olishmadi. Xamiddillo darvozabon bilan deryali birga-bir vaziyatga chiqib, uchrashuvdagi hisobni ochdi. 

Ikkinchi bo'limda jamoa tarkibida bir nechta o'zgarishlar bo'ldi. 53-daqiqada chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Suhrob Berdiev ikki nafar raqibni aldab o'tdi va darvoza tomon aniq zarba yo'llab hisobni o'zgartirdi. Ikkinchi goldan so'ng termizlik futbolchilar hisobni qisqartirish uchun oldinga intilishdi. Qarshi hujumda Anvar Hojimirzaev himoyachilardan qochib ketdi va "Surxon" darvozasiga uchinchi golni kiritdi.   

Uchrashuvning qolgan qismida har ikki jamoa futbolchilari harchand urinishmasin, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. SHunday qilib  "shunqorlar" Qurbon hayiti bayramini nishonlash uchun  yuqori kayfiyatda uylariga jo'nab ketishdi. Jamoa navbatdagi mashg'ulotlarni 22 iyul kunidan  yana Toshkent shahrida davom ettiradi. 

O'rtoqlik uchrashuvi 

"Qo'qon-1912" — "Surxon" 3:0

Gollar: Xamidillo Abduxamidov (35), Suhrob Berdiev (53), Anvar Xojimirzaev (66).

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика