So’nggi yangiliklar

08:32"Насаф" футзал жамоаси уч нафар Қирғиз Республикаси терма жамоаси аъзолари билан шартнома имзолади  1 08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  1 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  25 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  7 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1

"Qo'qon-1912"ga tegishli maydon yangilanmoqda Yangiliklar

"Qo'qon-1912"ga tegishli maydon yangilanmoqda

"Qo'qon-1912" jamoasi kelgusi yilga har tomonlama jiddiy tarzda tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Klubda kelasi yil Superligaga har jihatdan tayyor bo'lib chiqishni maqsad qilgan holda rejalar ishlab chiqildi. O'zbekiston professional futbol ligasi so'nggi yillarda Superliga hamda Pro liga jamoalariga stadionlar yoritish tizimi va maydon chimi borasida juda katta talablarni qo'yib bormoqda. Buning natijasida respublikamizda xalqaro darajadagi o'yinlarni o'tkazish talablariga javob beradigan stadionlar ko'payib bormoqda. Albatta, yaxshi va sifatli maydonda sifatli futbol bo'ladi. 



Xabaringiz bor, o'tgan mavsumda Qo'qondagi "Markaziy" stadioni yoritkichlari yangitdan zamonaviy lampalar bilan jihozlanib, stadion elektr tizimi tubdan yangilangan edi. 

Kelgusi mavsumda jamoa rahbariyati "Markaziy" stadion yoritish tizimini yanada yaxshilash bilan birga, maydon chimini yangilashni ham maqsad qilgan. "Markaziy" maydoni qaytadan yangilab chiqiladi. Drenaj tizimi, sug'orish tizimi butunlay yangilanib, avtomat sug'orish tizimiga o'tiladi. Maydon chimi ham yangitdan urug' sepilib, qishin-yozin yam-yashil holatda bo'lishi taminlanadi. 


Bugungi kunda "Markaziy"da demontaj ishlari boshlanib ketgan. Maydondagi ishlar bilan respublikamizdagi ko'plab stadionlarni, jumladan, Farg'onadagi "Istiqlol", Andijondagi "Bobur Arena" kabi stadionlarni go'zal holatga olib kelgan mutaxassislar shug'ullanishadi.

SHuningdek, "Markaziy" stadioniga yaqin bo'lgan joyda mashg'ulotlar uchun alohida chimli, standart maydon ham qurish rejaga kiritildi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика