"Qo'qon-1912"ga Kovshov vaqtincha bosh murabbiy, Tohir Kapadze sport direktori bo'ldi

Narzulla Saydullayev
16 may 2016, 14:20
Bugun jamoa a'zolari Qo'qonda yig'ildi.

Ismoilovning o'rniga vaqtinchalik Sergey Kovshov bosh murabbiy etib tayinlangan. Bu borada u Qo'qon shahar hokimi qabulida ham bo'lib qaytgan. Soat 15:00da Dang'aradagi jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonada klub a'zolari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tadi. Unda Kovshov vaqtincha bosh murabbiy bo'lgani ma'lum qilinadi.

Shuningdek, "Qo'qon-1912"ga Tohir Kapadzening qaytganini ham etirof etish lozim. Tohir Veysalovich ilgari ham qo'qonliklar bilan birga ishlagan. Aytishlaricha Kapadze endilikda jamoa sport direktori sifatida faoliyat yuritadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia