So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

"Qo'qon-1912": Jamoaga ramziy-majoziy nom tanlandi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Jamoaga ramziy-majoziy nom tanlandi

Har bir futbol klubning ramziy-majoziy (laqabi) nomi bor.

Ayniqsa bu mamlakatimizda urfga aylanib bormoqda. “SHerlar”, "Qaldirg'ochlar”, “Ajdarlar”, “Lochinlar”, “Burgutlar” kabi ramziy-majoziy nomlar muxlislarga bugungi kunda yaxshi tanish bo'lib ulgurdi. “Qo'qon-1912” futbol klubi ham asta-sekin professionallik sari odimlamoqda. Saytimiz orqali jamoa uchun ramziy-majoziy (laqab) nom tanlanayotganini va buning uchun ishqibozlar o'rtasida tanlov boshlangani xususida xabar bergandik.

SHundan so'ng elektron pochtamizga va klub ofisiga ko'plab murojaatlar bo'ldi. Biz esa ulardan atiga bittasini tanlab olishimiz lozim edi. Klub rahbariyati va kengash azolari bilan o'zaro maslahatlashgan xolda, “Qo'qon-shunqorlari” ramziy-majoziy nomiga to'xtaldik.

Ushbu yuzasidan klubimizga xat yozgan Muhammad Yahyoxon Dadaboev tanlov g'olibi deb topildi.

“Qo'qon-1912” professional futbol klubi uchun ramziy-majoziy nomlar loyihasida ishtirok etgan Qo'qon o'lkashunoslik muzeyining etakchi ilmiy xodimi bo'lgan 80 yoshli tarixchi olim, o'zining klub ofisiga yozgan xatida “Qo'qon-shunqorlari” ramziy-majoziy nomini izohlab keltirib o'tgan.

Unga ko'ra, “Qo'qon-shunqorlari” (Kokandskyy yastrebi) lochindan ham tez uchar bo'lgan qushning nomidir. 

SHu tariqa Muhammad Yahyoxon Dadaboev klub tomonidan o'tkazilgan loyiha g'olibi deb topilib, yaqin orada jamoa tomonidan mukofotlanadigan bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика