So’nggi yangiliklar

14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  0 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   2 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  9 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  22 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24

"Qo'qon-1912": Yoshlarimizda bu safar durang Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Yoshlarimizda bu safar durang

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan yoshlar jamoamiz yig'in davomida sinov-nazorat o'yinlariga ham etibor qaratmoqda.
Avval xabar berganimizdek, bundan bir hafta ilgari Qo'qonda yoshlar jamoamiz “Neftchi” yoshlar jamoasi bilan kuch sinashgandi. Muhriddin Mamasolievning yagona goli uchrashuvda yoshlarimizning g'alabasini taminlagandi.

Har ikkala tomon ham o'zaro kelishuvga asosan kecha Farg'onada javob uchrashuvini o'tkazdi. Birinchi bo'limda Hoshim SHokirov yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi – 1:0.

Ikkinchi taymning boshlarida esa “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasi hisobni tenglashtirishga erishdi. Iqtidorli futbolchi Muhammadanas Hasanov o'zini ko'rsatdi – 1:1.

Uchrashuvda boshqa gol kuzatilmadi va shu tariqa bahs poyoniga etdi.

Aytish lozimki, Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi yoshlar jamoamiz 29 yanvar kuni start oladigan Farg'ona hokim Kubogi turnirida ishtirok etadi.   

“Neftchi” – “Qo'qon-1912” 1:1

Farg'ona. Futbol maktab internati.

Hakamlar:
Ravshan Kapadze, Qahramon Sobirov, Xurshid Meliqo'ziev.

Gollar: Hoshim SHokirov, 39. Muhammadanas Hasanov, 49.

“Neftchi”: Alisher Paxritdinov (S), Sardor Qulmatov, Doniyor Fozilov, Tavakkal Abdurahmonov, Alisher Fayzullaev, Islom Toshpo'latov, Hoshim SHokirov, Jahongir Dadaboev, Anvar Aminjonov, Farhod Jalilov, Ravshan Tohirov.

Zaxiradan tushganlar: Karim Mamadaliev, SHahboz Mo'minov, Fazliddin Qosimjonov, Rizo Ayvazov, Abror Rahmonov, Muhammad Mamashokirov, Otabek Mamajonov.

Bosh murabbiy: Bahrom Haydarov.

“Qo'qon-1912”: Muhiddin Ahmedov, Ismoil Oxunjonov, Iqbol Malikov, Doston Meliqo'ziev, Ravshan Haydarov, Azamjon Samijonov, Azamat Tursunov, Oybek Ermatov, Muhammadanas Hasanov, Muhriddin Mamasoliev (S), Sardor Isoqov.

Zaxiradan tushganlar: Islom Abdullaev, Abduqahhor O'ktamov.

Bosh murabbiy: Muhsin Nizomiddinov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика