So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

"Qo'qon-1912" yoshlari Bekobodda durang qayd etdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" yoshlari Bekobodda durang qayd etdi

Bugun yoshlar ligasining 12-tur o'yinlariga start berildi.

Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi "Qo'qon-1912" yoshlar jamoasi Bekobodga safar uyushtirib, "Metallurg" yoshlari bilan kuch sinashdi. Joriy chempionatda hamon mag'lubiyatga uchramayotgan yosh qo'qonliklar ushbu yoqimli odimni mazkur turda ham davom ettirdi. 

Aslida safardan durang emas, balki uch ochko bilan qaytishimiz ham mumkin edi. Boisi birinchi bo'limda futbolchilarimiz hisobni ochishga erishgandi. Aniqrog'i, 40-daqiqada o'ng qanotda mezbonlar o'yin qoidasini buzdi. Belgilangan jarima zarbasini Muhammadanas Hasanov aniq bajarib, uchrashuvda hisobni ochishga erishdi - 0:1.

Tanaffusga qadar hisob o'zgarmadi va shu tariqa jamoalar birinchi bo'limni yakunladi.

SHu kuni ob-havoning issiqligi ham futbolchilarga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Ikkinchi bo'limda tabiiyki "Qo'qon-1912" hisobni saqlab qolish uchun, mezbonlar esa aksincha hisobni tenglashtirishga etibor qaratdi.  

81-daqiqada "Metallurg" futbolchilari niyatiga etdi. Bu vaziyatda Abrorbek Toshqo'ziev  chap qanotdan to'pni havolatib jarima maydoni ichiga oshirmoqchi bo'ldi, ammo kutilmaganda to'p darvoza tomon yo'l oldi, Ruslan Matniyozov esa to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi - 1:1.

SHu tariqa yoshlarimiz tayyor g'alabani qo'ldan chiqarib, yakunda durangga imzo chekdi. Endi yoshlarimiz navbatdagi turda o'z maydonida "Neftchi" yoshlar jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv 18 iyun kuni Qo'qonda bo'lib o'tadi.

Yoshlar ligasi-2015. 12-tur

05.06.2015. Bekobod "A.Anoxin" stadioni

"Metallurg" - "Qo'qon-1912" 1:1

Gol: A.Toshqo'ziev 81 - M.Hasanov 40

"Metallurg": 25.Timurbek To'ychiev, 3.Zufarjon Akbaraliev, 4.Mirzohid Mirsaidov, 5.Jasur Ahmedov (13.Javlon Mirabdullaev, 46), 6.Mansurjon Nuraliev, 7.Ulug'bek Xudoyorov, 10.SHoxnazar Norbekov, 17.Sardor Rasulov, 19.Abror Toshqo'ziev, 20.Sirojjon Toshpo'latov, 21.Sunnatilla Ermatov (15.Zuhrillo Boboev, 63).

"Qo'qon-1912": 1.Ruslan Matniyozov, 3.SHoxruh Xolmatov (c), 4.Oybek Rustamov, 6.Ravshan Haydarov (9.Ibrohim Usmonov, 89), 8.Nodirbek Qo'ziboev (7.Azamatjon Tursunov, 46), 10.Iqboljon Malikjonov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 17.Ismoiljon Oxunjonov (11.Abduqahhor O'ktamov, 55), 21.Doston Meliqo'ziev, 22.Muhammadanas Hasanov (77.Dadaxon Sulaymonov, 87), 26.Qahramon Maxamadjonov.

Ogohlantirishlar: Ravshan Haydarov, 82. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика