So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  3 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

"Qo'qon-1912" yangi yil tadbirini o'tkazdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" yangi yil tadbirini o'tkazdi

Teglar :  Qo'qon-1912
Kecha “Qo'qon-1912” jamoasi 2017 yil yakunlari va yangi yil munosabati bilan bayram tadbirini o'tkazdi.

Tadbirda klub rahbarlari, murabbiylar, o'zbek futbol jurnalistikasi otaxoni, taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo'jaev, O'FF vakili Alisher Fayziev, futbolchilar, OAV vakillari, “Markaziy” o'yingoh xodimlari va muxlislar ishtirok etishdi.

Sir emaski, yakuniga etayotgan yil Qo'qon futboli uchun omadli keldi. Yil boshida “Farg'ona viloyati Hokimi kubogi”da bosh sovrin qo'lga kiritildi. O'FFning yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirida ikkita nominaciyada g'oliblik “Qo'qon-1912” jamoasiga nasib etdi.

Tadbir avvalida “Qo'qon-1912” jamoasining 2017 yildagi yorqin lahzalari aks ettirilgan maxsus videorolik taqdim etildi.


SHundan so'ng, davrani ochib berish uchun so'z “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyorjon Tolipovga berildi.

– Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar va futbolchilar. Barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikayman. Yakuniga etgan futbol mavsum biz uchun omadli keldi. Mavsum davomida chiroyli o'yinlarimiz bilan muxlislarimizni xursand etdik. Ayniqsa, birinchi davra unutilmas bo'ldi. Uch nafar futbolchimiz milliy terma jamoadan chaqiruv olishdi. Yana to'rt nafar yosh o'yinchilarimiz O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'iniga taklif etildi. O'rinbosarlarimiz Qo'qon futbolidagi yangi marrani zabt etishdi. Muhsin Nizomiddinov shogirdlari Yoshlar ligasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Jamoamiz qaytadan tashkil topganiga besh yil bo'ldi. So'nggi uch yilni Oliy ligada o'tkazdik. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Jamoamiz yildan-yilga kuchayib boraveradi, -dedi “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov.

SHundan keyin mamlakatimizning otaxon jurnalisti Axbor Imomxo'jaev jamoamizning farxiy o'yinchisi sifatida qabul qilinib, u kishiga klubimizning 82-raqamli futbolkasi sovg'a qilindi. “Qo'qon-1912” jamoasining ushbu raqami Axbor Imomxo'jaevga abadiy berildi. SHuningdek, sodiq muxlislar klubi azolari ham Axbor otaga o'zlarining maxsus sovg'alarini topshirishdi.

O'z navbatida Axbor ota Imomxo'jaev ham so'zga chiqib, Qo'qon futboli tarixi, bosh murabbiymizning futbolchilik faoliyati xususida to'xtalib o'tishdi.
Aytgancha, o'zbek futbol juranistikasi asoschilaridan biri bo'lgan - Axbor Imomxo'jaev “Qo'qon-1912” jamoasi, umuman Qo'qon futboliga bag'ishlangan kitob tayyorlashmoqda. Yaqin kunlar ichida ushbu kitob nashrdan chiqadi.

SHuningdek, “Qo'qon-1912” jamoasi vakillariga ham qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

Xususan, jamoamizni mavsumga puxta tayyorlab, yaxshi natijalarni qayd etgan bosh murabbiy No'mon Hasanov, o'rinbosarlar tarkibi bilan kichik bronza medalini qo'lga kiritgan Muhsin Nizomiddinov, muxlislar tomonidan yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Murod Xolmuhammedov, jamoamizning ushbu mavsumdagi to'purari (11 ta gol) Suhrob Berdiev, qo'qonlik futbol muxlislarning yoqimtoyi Javohir Sidiqovlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, Qo'qon futbolida yangi tarix yaratgan “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlariga ham kichik bronza medallari tantanali ravishda topshirildi.

Yil davomida “Qo'qon-1912” jamoasi bilan hamkorlik qilib kelgan “Futbol Ekspress” gazetasi muxbirlari, Abduhafiz Abdulhamidov va SHuhratbek Jo'raev hamda O'zbekiston teleradiokompaniyasi “Sport” telekanali muxbiri Behzod Jo'raboevlar jamoamizning tashakkurnomasi va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Tadbir davomida shuningdek, bir qator mutaxassis va muxlislarga ham so'z berildi.

Tadbirda yangragan diltortar qo'shiqlar, qo'qonlik askiyachilarning chiqishlari barchaga xushkayfiyat ulashdi. Bir so'z bilan aytganda, ushbu tadbir yangi mavsum oldidan jamoa azolariga quvonch baxsh etdi.

SHu tariqa «Qo'qon-1912» futbol klubi ortda qolgan mavsumni yuqori kayfiyatda yakunladi. 2018 yil jamoamiz uchun yanada omadli kelishiga ishonib qolamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика