"Qo'qon-1912" yana uch futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
16 fev 2022 12:25
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" yana uch futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
So'nggi kunlarda "Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyati jamoa azolari bilan rasmiy shartnomalarni imzolayotanligi haqida ko'plab xabarlar chiqmoqda.
Bunday xabarlar davom etadi. "SHunqorlar" o'tgan mavsumda jamoaning g'alabalariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shgan hujumchi Mo'min Meliev, darvozabon Muzaffar Abdullaev hamda yarim himoyachi Sardor Azimovlar bilan kelishuv muddatini uzaytirishdi. Har uchala futbolchilar 2022 yilgi futbol mavsumini ham Qo'qonda o'tkazishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun, kecha jamoa Murod Xolmuhammedov va Aleksandr Merzlyakov bilan shartnoma uzaytirilgani hamda Javohir Sidiqov bilan shartnoma tuzilgani haqida xabar bergandi.
Fikrlar