"Qo'qon-1912" uch legioner bilan shartnoma tuzish arafasida
19 fev 2019 13:30
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" uch legioner bilan shartnoma tuzish arafasida
Yangi mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkent shahrida olib borayotgan "Qo'qon-1912" futbolchilari ayni kunlarda mashg'ulotlarga zo'r berishgan.
No'mon Hasanov shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni olib borishmoqda. Ko'rikda bo'lib turgan serbiyalik darvozabon Boyan Knejevich, himoyachilar Milosh Nikolich hamda Marko Milichning jamoada qolishi malum bo'ldi.
Bu futbolchilar Toshkent shahrida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Endi esa shartnomalarga imzo chekish qoldi.
"Qo'qon-1912" 21 fevral kuni Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
22 fevral kuni esa futbolchilar jismoniy test sinovlarinini topshirishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar