So’nggi yangiliklar

01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"га қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  0 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  1 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Суперлига. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  1 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  2 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  2 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   31

"Qo'qon-1912" tarixiy natijasini takrorladi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" tarixiy natijasini takrorladi

Joriy mavsumda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi o'z muxlislarini chiroyli o'yinlari, ajoyib g'alabalari hamda turnir jadvalida yuqori o'rinlar uchun kurashda munosib ishtirok etganligi bilan xursand qila oldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Bu yil “Qo'qon-1912” jamoasi O'zbekiston chempionatlari tarixidagi o'zlarining eng yaxshi natijalarini takrorlashga erishdilar. Juda qiyin pandemiya sharoitida bo'lib o'tgan superliga o'yinlarida Qo'qonliklar mavsumni 5-o'rin bilan yakunlay olishdi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng , 1992 yildan boshlab oliy liga bahslari o'tkazila boshlandi. Qo'qonliklar oliy liga hamda O'zbekiston kubogi bahslarida “Temiryo'lchi” nomi bilan ishtirok etishni boshladilar. Dastlabki mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan “Temiryo'lchi” , o'sha yili chempionatda 6-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, kubok bahslarida finalga qadar etib borishgan. Samarqand shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogining final o'yinida Namanganning “Navbahor” jamoasiga yutqazib qo'yadi. O'sha yillarda Qo'qondagi har bir o'yin muxlislar bilan to'lib-toshgan stadionda bo'lib o'tar edi.

1993-yilda bo'lib o'tgan ikkinchi chempionatda ham Qo'qon jamoasi turnir jadvalida 6-o'rinni qo'lga kiritadi.

1994-yilgi mavsumda esa jamoa O'zbekiston chempionatidagi  o'zining eng yuqori natijasi, 5-o'rinni qo'lga kiritgan. Gennadiy Alekseevich Motlax bosh murabbiy bo'lgan o'sha mavsumda 30 ta o'yin o'tkazgan “Temiryo'lchi” 16 ta g'alaba, 4 durang va 10 ta o'yinda mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati esa 50-42 bo'lgan edi. 1994-yilgi mavsmda jamoaning gollariga mualliflik qilgan futbolchilarni ham eslatib o'tmoqchimiz. Gollar mualliflari: Muxtor Qurbonov – 15ta, Muhiddin Abduvaliev – 8ta, Oydinbek Aliev – 5ta, SHuhrat Rahmonqulov – 5ta, Azamat Ashurmatov – 4ta, Erik Ermakov – 3ta,  Elviddin Eyupov – 3ta, Zohid Nurmatov – 3ta, Jamoliddin Tojiboev – 3ta,  Xaitboy Irisbekov – 1ta.

1994-yilda jamoa boshqaruvida Rahmatjon Erkaboev , jamoa boshlig'i Tohir Kapadze, yordamchi murabbiy Yuriy Velikanovlar faoliyat olib borishgan edilar.

Malum muddat Qo'qon shahrida futbol to'xtab qoldi. Respublika chempionatlarida Qo'qondan hech qanday jamoa ishtirok etmadi. 2012-yil o'zbek futbolining 100 yilligi arafasida Qo'qon shahriga yana katta futbol qaytib keldi. O'sha vaqtlardagi Farg'ona viloyati xokimi SHuhrat G'aniev, Qo'qon shahar xokimi Akramjon Abdullaev, “Qo'qon spirt” AJ rahbari Xabibullo Abdullaev, O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti, marhum Mirabror Usmonov hamda Qo'qonlik futbol fidoiysi bo'lgan Baxtiyor aka Tolipovlarning tashabbuslari bilan “Qo'qon-1912” jamoasi O'zbekiston chempionatining 1-ligasida o'z ishtirokini qayta tikladi. 2014-yilgi mavsumda Rustam Abdullaev boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi 1-liga g'olibligi hamda oliy ligaga yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

1994-yilgi mavsumdan 26 yil o'tib Qo'qon jamoasi o'zining O'zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasini takrorlashga muvaffaq bo'ldi. Bu natijada klub prezidenti Baxtiyor aka Tolipov, jamoa boshlig'i SHuhratjon Mo'minov, vice-prezident Vitaliy Ni hamda “Qo'qon spirt”AJ rahbari Ikromjon Abdullaev  kabi insonlarning xizmatlarini alohida takidlagan bo'lar edik.

Tarixiy natijani Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida murabbiylar shtabi, Zohid Nurmatov, Davron Fayziev, Muhiddin Abduvaliev, Andrey Baklanovlarning nomlari bilan bog'laydigan bo'ldik. Mavsum boshida jamoani qabul qilib olgan Baxtiyor Ashurmatov o'zining qanday salohiyatga ega murabbiy ekanligini isbotlay oldi. Ashurmatov “Qo'qon-1912” jamoasining barcha azolarini bir oila kabi birlashtira oldi. Qo'qonlik futbol muxlislari endi Baxtiyor Ashurmatovdan yanada yangi marralarni kutishmoqdalar va bunga ishonmoqdalar. Ha Ashurmatov Qo'qonlik futbol muxlislarining ishonchini qozona oldi.

Joriy mavsum “Qo'qon-1912” jamoasining barcha futbolchilari katta matonat ko'rsatishdi. Barchangizga malumki 2020-yil pandemiya tufayli butun dunyodagi insonlarni ,shu jumladan futbol jamoalarini ham qiyin ahvolga solib qo'ydi. Mana shunday sharoitda “Qo'qon-1912” futbolchilari mavsumning so'nggiga qadar barcha o'yinlarda chiroyli va muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatish uchun o'zlarida kuch topa oldilar. Jamoa etakchilari Murod Xolmuhammedov, Suhrob Berdiev, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro'ziev kabi futbolchilar bu borada barchaga namuna bo'lishdi.

“Qo'qon-1912” jamoasi bu yilgi mavsumda 13 ta o'yinda g'alaba, 3 ta o'yinda durang va 10 ta uchrashuvda mag'lubiyat qayd etishdi. To'plar nisbati 35-28 . Jamoa sardori Murod Xolmuhammedov raqiblar darvozasiga 12 ta gol kiritib mavsum to'purariga aylandi. Qolgan gollarga quyidagi futbolchilar mualliflik qilishdi. Filip Rayevac-3ta, Bobir Akbarov, SHohnazar Norbekov, Quvondiq Ro'ziev, Aleksandr Merzlyakov, Sardor Azimov va Muhammadanas Xasanovlar 2 tadan, Suhrob Berdiev, Xamidillo Abduxamidov, Yakuba Bamba, Ivan Yosovich, Sobit Sindarov, Otabek Haydarov hamda Iqboljon Malikjonovlar bittadan golga mualliflik qilishdi. Jamoamizning bitta goliga o'z darvozasini ishg'ol qilgan “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Oleg Tolmasov muallif bo'ldi.

Jamoaning yutuqlarida murabbiylar va futbolchilar bilan elkama-elka xizmat qilgan jamoa shifokorlar guruhi Boburxo'ja Abdazov, Xalilbek Abdurahmonov, Ulug'bek Hamdamov, jamoa mamuri Mamurjon Mansurov, operator Marufjon Mo'minov, “Markaziy” stadion xodimlari hamda klub tizimidagi barcha insonlarning xizmatlari katta bo'ldi.

Jamoa futbolchilari bunday yuqori saviyadagi futbol ko'rsatishlarida albatta Qo'qonlik futbol muxlsilarining ham juda katta hissalari bor. SHu o'rinda har qanday sharoitda ham biz bilan birga bo'lgan, futbolchilarimizni qo'llab turgan aziz muxlislarimizga o'zimizning cheksiz minnatdorchiligimizni izhor etib o'tamiz.

Oldinda “Qo'qon-1912” jamoasini O'zbekiston kubogi bahslari kutib turibdi. Jamoa o'z tarixida kubok bahslarining finaliga qadar etib borishni uddalagan. Biz Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi futbolchilar kubok o'yinlaridagi tarixiy natijani ham takrorlay olishlariga ishonamiz va bu yo'lda ularga kuch-quvvat hamda omad tilaymiz",- deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика