"Qo'qon-1912": Tanishing: Yangi o'yinchimiz Otabek Zokirov
15 jan 2016 18:14
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Tanishing: Yangi o'yinchimiz Otabek Zokirov
Yaqinda klub va futbolchi o'rtasida shartnoma imzolandi. Ayni damda Zokirov jamoamizning Toshkentdagi yig'inida ishtirok etmoqda. U kecha “Metallurg”ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Marg'ilon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Otabek Zokirov 1992 yilning 11 oktyabr sanasida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Farg'onaning “Neftchi” jamoasida o'tkazgan. 2013 yili Yoshlar ligasi to'purarlaridan biriga aylangan. 2014 yildan etiboran “Neftchi”ning asosiy tarkibida o'ynay boshlagan. 2015 yilni esa Samarqandning “Dinamo” jamoasi tarkibida o'tkazdi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Otabek Zokirov 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Bu o'yinlarda 23 yoshli futbolchi raqiblar darvozasini to'rt marta aniq nishonga oldi. Otabek Zokirov “Qizilqum”, “Neftchi”, “So'g'diyona” va “Andijon” jamoalari posbonlarini dog'da qoldirgan. Ikki marta hakamlar tomonidan ogohlantirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar