"Qo'qon-1912": “SHo'rtan”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik davom etmoqda
25 iyu 2016 07:41
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": “SHo'rtan”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik davom etmoqda
Malumki, jamoamiz 26 iyun kuni o'z maydonida G'uzorning “SHo'rtan” klubining qabul qiladi.
Ushbu uchrashuvga vakillarimiz jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqa. Kuniga ikki mahal bo'lib o'tayotgan mashg'ulotlarda barcha futbolchilar ishtirok etishmoqda. Otabek Haydarov safga qaytdi. Ruslan Matniyazov esa yakka tartibda mashg'ulot o'tkazmoqda.
Aytgancha, o'rinbosarlarimiz sharafini himoya qilib kelayotgan bir nechta yosh futbolchilar asosiy tarkib bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Barchaning kayfiyati yaxshi. Mazkur bellashuvda “Qo'qon-1912”ga omad tilab qolamiz.
Fikrlar