So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

“Qo'qon-1912”: Saratonga qarshi kurashayotgan Rahmatilloni qo'llab-quvvatlaylik! Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: Saratonga qarshi kurashayotgan Rahmatilloni qo'llab-quvvatlaylik!

Yaqinda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan “Saratondan soyabon bo'l” xayriya akciyasi boshlangan edi.

“Qo'qon-1912” futbol klubi azolari ham ushbu akciyada faol ishtirok etishni maqsad qildi. Jamoa rahbariyati Qo'qon shahrida istiqomat qiluvchi, ayni kunlarda saraton kasalligiga qarshi kurashayotgan Umarov Rahmatillo Kamoljon o'g'li yashayotgan, Qo'qon shahar Yangi CHorsu ko'chasidagi xonadonga tashrif buyurishdi.

Klub matbuot xizmatining malumot berishicha, 2005-yilning 19-avgustida tug'ilgan Rahmatilloning ham o'z tengqurlari kabi bir olam orzulari bor. U kelajakda futbolchi bo'lishni orzu qiladi hamda ushbu orzusini ro'yobga chiqarish uchun “Qo'qon-1912” futbol klubi qoshidagi futbol maktabida, murabbiy Narimon Asanov qo'l ostida mashg'ulotlarga qatnay boshlagan edi. 2017-yilning sentyabr oyida kutilmaganda uning avvaliga chap so'ngra esa o'ng qulog'i ostida shish paydo bo'ladi. SHifokorlar Rahmatilloga saraton tashxisini qo'yishadi. O'tgan salkam ikki yillik davrda Rahmatillo ota-onasi hamda qarindosh urug'lari yordamida Toshkentdagi respublika onkoligiya dispanserida hamda Buxorodagi onkologiya va radiologiya tibbiy markazida davolanish jarayonlarini boshidan o'tkazdi. SHifokorlar Rahmatilloni uzoq muddat davolanishi lozimligini takidlashmoqda.



“Qo'qon-1912” futbol klubi Umarov Rahmatilloni qo'llab-quvvatlaydi. Uning kelajakda sog'ayib, o'zi orzu qilgan futbolchi bo'lishi yo'lida qo'ldan kelgan barcha yordamlarini ko'rsatadi. Bugun jamoa rahbariyati Rahmatilloga futbol to'pi, sport kiyimlari hamda turli shirinliklar taqdim qilib uning murg'ak qalbida umid uchqunlarini paydo qilishga harakat qilishdi. Ertadan esa uning dadasi nomiga ochilgan plstik kartochkaga barcha futbolchilar hamda jamoa azolari nomidan pul mablag'lari kelib tushishni boshlaydi.

“Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati barcha Qo'qonlik futbol ishqibozlarini ham Rahmatilloni qo'llab-quvvatlashga chorlaydi. Ayni kunda Umarov Rahmatilloning dadasi Hoshimov Kamol Umarovichning nomiga plastik kartochka ochilgan. Muborak ramazon oyida ehson qilmoqchi bo'lgan muxlislarimiz quyida keltirilgan raqamlar orqali o'zlarining pul mablag'larini Hoshimov Kamol Umarovichning plastik kartochkasiga o'tkazishlari mumkin bo'ladi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика