"Qo'qon-1912": Safimizga yangi o'yinchilar kelib qo'shildi
02 fev 2017 18:16
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Safimizga yangi o'yinchilar kelib qo'shildi
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi o'z safini tajribali futbolchilar bilan to'ldirishni davom ettirmoqda.
Jamoamizning kechagi mashg'ulotida mamlakatimizning etakchi o'yinchilari – O'zbekistonning turli terma jamoalari safida to'p surgan Aleksandr Merzlyakov, Ruslan Meleziddinov, Bahodir Pardaev va Murod Xolmuhammedov ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Merzlyakov, Ruslan Meleziddinov, Bahodir Pardaev o'tgan mavsumni “Buxoro”jamoasida o'tkazib, buxoroliklarning chempionatni to'rtinchi o'rinda yakunlashida o'zlarining munosib hissalarini qo'shishgan.
Murod Xolmuhammedov esa o'tgan mavsumda “So'g'diyona” sharafini munosib himoya qilgan.
Bu futbolchilar bilan hali shartnomalar imzolanmadi.

Pardaev, Melziddinov, Merzlyakov va Holmuhammedovlar Qo'qonga yo'l olishdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar