"Qo'qon-1912": "Qizilqum" mag'lubiyatga uchratildi
22 iyu 2015 22:50
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": "Qizilqum" mag'lubiyatga uchratildi
Uchrashuv o'rtokliq maqomiga ega bo'lganligi sababli har ikki jamoa murabbiylari o'z ixtiyorlaridagi barcha futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qilishdi. Qizikarli o'tgan o'yin qo'qonliklarning ustunliklari ostida o'tdi. Bu ustunlik hisobda ham o'z aksini topdi.
Qo'qonliklar safida ikkinchi bo'limdan boshlab maydonda harakat qilgan himoyachi Ilya Ilin hujumda ham o'ynay olishini ko'rsatib qo'ydi. Istedodli futbolchi o'yinning 73 va 77-daqiqalarida ikki bor "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qildi. U har ikki golni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Navoiyliklar tarkibida to'purar hujumchi Baxriddin Vahobov bugun milliy terma jamoa yig'inida bo'lganligi sababli o'yinda qatnasha olmadi. Qolgan hujumchilar esa "Qo'qon" darvozasiga yul topa olishmadi va o'yin 2:0 hisobida yakuniga etdi.
SHuning bilan "Qo'qon-1912" jamoasining Qiziltog'dagi yig'ini o'z yakuniga etdi. Jamoa azolari ertaga tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Navbatdagi yig'in esa 26 iyuldan Qo'qonda boshlanadi.
"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 2:0
Hakamlar: R.Lutfullin, S.Ulfatov, X.Uralov.
Gollar: Ilya Ilin 73, 77
"Qo'qon-1912": A. Ashurov, J.Kimsanov, I.Golban, O.Nurboev, A.Kirov, H.Ergashev, A.Nikolaev, S.Qobilov, M.Zokirjonov, A.To'xtaboev, N.Otaqo'ziev.
Zaxira: A.Baklanov, R.Matniyozov, I.Komilov, SH.Xolmatov, N.Qo'ziboev, S.Eminov, I.Ilin, F.Hasanboev, F.Boboqulov.
"Qizilqum": E.Jabborov, F.Haydarov, A.Rustamov, V.SHevchenko, R.Sanaev, M.Qurbonov, SH.Jo'raev, A.Muhiddinov, A.Derkach, G.Kvesiveshvili, A.Usmonov.
Zaxira: A.Makosyan, D.Hamroev, T.Dadashev, F.Qambarov, G'.Jumaev, S.Xolmatov, B.Mamirov, N.Raxmatullaev, B.Iskandarov.
Akramjon Mamadaliev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar