So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"Qo'qon-1912": “Qizilqum” bilan kuchlar teng keldi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": “Qizilqum” bilan kuchlar teng keldi

Teglar :  Qo'qon-1912Qizilqum
“Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda Qo'qon-1912 – Qizilqum jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bugun uchrashuvda turli sabablarga ko'ra bir qator futbolchilarimiz o'ynay olishmadi.  Xabaringiz bor, serbiyalik futbolchilarimiz Filip Rayevac, Darko Gojkovichlar ayni damda o'z yurtlarida bo'lib turishibdi. SHuningdek Javohir Sidiqov va Andrey Sidorov O'zbekiston U-22 terma jamoasi bilan Qatarda. Aleksandr Merzlyakov ham bugun maydonga tushmadi.

Tarkibdagi yo'qotishlarga qaramay, futbolchilarimiz nazorat uchrashuvida yaxshi natija ko'rsata olishdi.

Dastlabki xavfli vaziyat vakillarimiz tomonidan vujudga keltirildi. Akramovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon arang qaytardi.

21-daqiqada o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Suhrob Berdiev o'zi kuchli zarba yo'lladi, biroz noaniq .

30-daqiqada o'yinda hisob ochildi. Navoiyliklar burchak zarbasini amalga oshirgach, Otaqo'zievga tekkan to'p darvozamizdan joy oldi.

Birinchi taym shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo'limni ham futbolchilarimiz faol tarzda boshlashdi. 57-daqiqada Berdiev-Ro'ziev- Jamshid Hasanov kombinaciyasi chiroyli chiqdi. So'nggi pallada Hasanov yiqildi va to'p yo'qotildi.

65-daqiqada hisob tenglashdi. Berdievning to'p oshirishidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan Muhammadanas Hasanov hisobni tenglashtirdi

69-daqiqada Holmuhammedovning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi.

75-daqiqada Muhammadanas  Hasanov ikkinchi golini kiritishi mumkin edi. Yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasi yuqoridan ketdi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada ko'plab vaziyatlar vujudga kelishiga qaramay, o'yinda hisob o'zgarishsiz qoldi.Ayniqsa so'nggi 10 daqiqa to'liq vakillarimizning xujumlari bilan o'tdi. Faqat vaziyatlarni golga aylantirishda biroz omad bizdan yuz o'girdi.

SHu tariqa jamoamiz yig'in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvida durang o'ynashdi. Ikkinchi nazorat o'yini 21 iyul kuni “Neftchi”ga qarshi bo'lib o'tadi.

Nazorat uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” – 1:1

Bosh hakam: Vadim Agishev

Qo'qon-1912:13. Nikita Ribkin, 8. Bahodir Akramov, 18. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 25. Nosir Otaqo'ziev, 70. Azamat Mamajonov, 19. Suhrob Berdiev, 26. Akmal Xolmurodov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 22. Murod Holmuhammedov, 15. Oybek Rustamov.

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 30. Islom Abdullaev, 8. Sobir Xamidov, 28. Avazxon Mamatxo'jaev, 24. Ibrohim Rahimov, 33. Muhammadanas Hasanov, 29. Iqbol Malikjonov, 11.Temur Tolipov.

“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 3. SHukurali Po'latov, 4. Erkin Boydullaev, 9. Otabek Zokirov, 14. Fayzullo Qambarov, 18. Samandar SHodmonov, 20. G'ayrat Jumaev, 23. SHerali Jo'raev, 27. Ilhom Yunusov, 35. Maksim Yurku, 77. Nodir Kamolov.

Zaxira: 1. Erkin Jabborov, 2. Viktor Grigorev, 8. Akmal Rustamov, 15. Otabek Isroilov, 19. Akram Bahriddinov, 32. Xumoyun Abdualimov, 85. Feruz Boboqulov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика