“Qo'qon-1912” Qarshi shahriga etib bordi
01 apr 2015 11:32
Yangiliklar


“Qo'qon-1912” Qarshi shahriga etib bordi
Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi 2 aprel, payshanba kuni bo'lib o'tadi.
“Qo'qon-1912” futbol klubi azolari ushbu bahsga etib borish uchun kecha tushlikdan so'ng Toshkent-Qarshi yo'nalishi bo'yicha yo'lga chiqqandi. Bugun tong saharda esa delegaciya Qarshi shahriga etib keldi. Bu haqda “Qo'qon-1912” matbuot xizmati klub rasmiy tvitterida xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, bugun yoshlar ligasining “Nasaf” – “Qo'qon-1912” bahsi soat 16:00da boshlanadi. Ertaga esa o'yin boshlanish vaqti soat 18:00ga belgilangan.

Fikrlar