“Qo'qon-1912”: "Paxtakor"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
05 avg 2015 11:52
Yangiliklar


“Qo'qon-1912”: "Paxtakor"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
“Qo'qon-1912” jamoasi uchun ikkinchi davra omadli boshlandi.
Jamoamiz 16-turda Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Ammo hali oldinda jiddiy sinovlar kutib turibdi. Keyingi ikki turlarda mamlakatimizning grand jamoalari bizga raqiblik qilishadi. Xususan, 8 avgust kuni jamoamiz Toshkentda amaldagi chempion - “Paxtakor” mehmoni bo'ladi.
Bir kunlik tatildan keyin jamoamiz azolari yana mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. Aniqrog'i, kecha Rustam Abdullaev shogirdlari “Paxtakor” bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Futbolchilarning kayfiyati yaxshi. Barcha mashg'ulotlarda astoyidil mehnat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar