"Qo'qon-1912" "Paxtakor"dan yana bir futbolchini oldi
03 avg 2017 08:47
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" "Paxtakor"dan yana bir futbolchini oldi
Futbolchilar CHirchiq shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
16-turda jamoa safarda “Nasaf” jamoasiga qarshi to'p surishadi. Uchrashuvning qanday ahamiyatga ega ekanligini barcha juda yaxshi tushunib turibdi. SHuning uchun “Kimyogar” stadionidagi mashg'ulotlar ancha jiddiy tarzda o'tkazilmoqda.
Kecha tarkibimizga Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarbiyalanuvchisi Xushnudbek Avilov qo'shildi.
Kelajagi porloq bo'lishi kutilayotgan iqtidorli, yosh futbolchi jamoamizning himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida taklif qilindi. Xushnudbek Avilov 1998 yilda tug'ilgan bo'lib, ushbu mavsumda toshkentliklarning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan edi. Xushnudbek Avilov jamoamizga to'liq transfer qilindi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar