So’nggi yangiliklar

12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  0 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  7 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  13 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  3 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0 07:53Диего Симеоне йирик мағлубият сабабини маълум қилди  21 07:22Клублар ўртасидаги ЖЧ. Яна бир учрашувда ҳисоб очилмади  2 02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  24 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  6

"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi

Teglar :  Qo'qon-1912Obod
Bugun Yoshlar ligasi bahslariga start berildi.

Yoshlar ligasi 

1-tur

“Qo'qon-1912” –  “Obod” – 3:1 (2:1)

Hakamlar: Igor Xudoydotov, Rustam Tolibjonov, Qahramon Sobirov, Xurshid Meliqo'ziev.

Gollar: Orif Mamajonov-32, Ibrohim G'ofurov-43, Nodir Qo'ziboev-63. – Umid Matmusaev-8.

“Qo'qon-1912”: 30. Islom Abdullaev, 4. Asliddin Soipov, 5. Ibrohim G'ofurov, 9. Doston Meliqo'ziev, 10. Iqbol Malikjonov, 11. Muhammadanas Hasanov, 14. Avazxon Mamatxo'jaev, 15. Maruf Zokirjonov, 18. Azizxon Ibragimov, 22. Orif Mamajonov, 88. Oybek Rustamov.

Zaxira: 21. G'ayrat Hasanov, 8. Nodir Qo'ziboev, 17. Abduqahhor O'ktamov, 19. Ibrohim Muxtorov, 23. Abror Rahmonov, 27. Ismoil Oxunjonov, 28. Sardor Isaqov.

“Obod”: 91. Davron Jo'raqulov, 27. Xumoyun Abdualimov, 29. Umid Matmusaev, 32. Bexzod Latipov, 33. Iskandar Siddiqjonov, 34. Islom A. Ismoilov, 37. Fazliddin Hakimov, 39. Vladislav Nuriev, 45. Alisher Mirzaev, 46. Akbar Xo'jaev, 48. Dilmurod Jo'raboev.

Zaxira: 1. Umid Yorbekov, 30. Ismoil Jasurxo'ja, 36. Islom N. Ismoilov, 47. Abbos Ikromov, 49. Otabek Pardaboev.

Yurtimizga futbol bahori kirib keldi. Bugun Yoshlar ligasi bahslariga start berildi. Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda o'rinbosarlarimiz Oliy liga debyutanti “Obod” jamoasini qabul qilishdi.

Uchrashuv vakillarimiz uchun omadsiz boshlandi. Uchrashuvning 8-daqiqasi o'tib borayotgan paytda “Obod” futbolchisi Umid Matmusaev himoyadagi xatodan unumli foydalanib Islom Abdullaev darvozasini ishg'ol etdi – 0:1.

32-daqiaqada hisob tenglashdi. Orif Mamajonov jarima maydonchasiga kirib borib, mehmonlar posbonini ojiz qoldirdi – 1:1.

43-daqiqada uzoq davom etgan hujumni Ibrohim G'ofurov gol bilan yakunlab, hisobni oshirdi – 2:1.

Birinchi bo'limning qolgan daqiqalarida mehmonlar darvozasi oldida bir qator vaziyatlar vujudga kelganiga qaramay, tanaffusga qadar hisob o'zgarmay qoldi.

Ikkinchi taymni mehmonlar katta ishtiyoq bilan boshlashdi. Lekin barcha urinishlar samarasiz yakunlanaverdi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida tajribali Nodir Qo'ziboev maydonga tushdi va hisobni oshirdi. Bu vaziyatda Doson Meliqo'zievning harakatlarini alohida takidlash joiz. Aynan uning qanotdan katta tezlikda kirib borib jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Qo'ziboev bo'sh qolgan darvozaga kiritib qo'ydi – 3:1.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada raqib darvozasini ishg'ol etish uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Lekin har safar futbolchilar vaziyatlardan foydalanishda sustkashlikka yo'l qo'yishdi.

Natijada o'yin o'rinbosarlarimizning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan intiho topdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика