"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimiz ham jiddiy tayyorlanishmoqda
16 jan 2017 17:44
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimiz ham jiddiy tayyorlanishmoqda
Qo'qonda yig'in o'tkazayotgan Muhsin Nizomiddinov shogirdlari mashg'ulotlarda zo'r berib ishlashmoqda.
O'tgan mavsumda yoshlar ligasida ko'ngildagidek qatnasha olmagan futbolchilar yangi mavsumda muxlislarimizni xursand etishga jiddiy bel bog'lashgan. Buning uchun esa ular mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishmoqda.
Sir emasmki, so'nggi yillarda Qo'qon futbolida yangi yulduzlar etishib chiqmoqda. Bunga misol tariqasida Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov, Avaz Mamatxo'jaevlarni keltirish mumkin. Ushbu yosh futbolchilar aynan o'rinbosarlar safida tajriba to'pladilar, o'z iqtidorlarini namoyish etdilar. Bu esa o'rinbosarlarda ham ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolat.
SHanba kuni ikkiga bo'linib o'zaro o'yin o'tkazgan o'rinbosarlar bugundan etiboran “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasiga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar