"Qo'qon-1912" oliy ligaga qaytishini g'alaba bilan boshladi
14 mar 2015 18:00
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" oliy ligaga qaytishini g'alaba bilan boshladi
14 mart 2015. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 16:00
Hakamlar: R.Bobomurodov, R.Samandarov, O.Jumaev, N.Qosimov
Nazoratchi: R.Aytekov.
GOL: Orif Mamadjonov, 15.
Ogohlantirishlar: Quvondiq Ro'ziev, 63. Jalil Kimsanov, 73.
“DINAMO”: 27.Andrey Melnichuk, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Maksimilian Fomin, 7.Otabek Zokirov, 8.Konstantin Modrachenko ( 29.Marufxon Murodov, 46), 9.Pavel Smolyachenko, 10.Aziz Ibragimov, 11.Aleksandry Boliyan, 16.Akmal Xolmurodov, 33. Nikolay CHipev, 55.Avaz Agaliev,
ZAXIRA: 25.Muhiddin Xudoyorov, 4.Bunyod Isroilov, 19.Islom SHaripov, 22.Murodjon To'ychiboev, 26.Komil SHarofetdinov, 95.Firdavs Abdusalimov.
“QO'QON-1912”: 16.Andrey Baklanov, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov, 7.Izzat G'aniev (8.Nodirbek Qo'ziboev, 90), 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Doniyor Usmonov, 17.Aziz To'xtaboev (S) (9.Nosir Otaqo'ziev, 72), 18.Sardor Eminov, 22.Orif Mamadjonov (28.Aleksey Nikolaev, 82), 23.Furqat Hasanboev, 24.Ilya Ilin.
ZAXIRA: 12.Aziz Ashurov,
4.Qahramon Maxamadjonov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev,
15.Maruf Zokirjonov,
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Etiboringiz uchun tashakkur!
Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa oliy ligaga qaytgan "Qo'qon-1912" mavsumni g'alaba bilan boshladi.
90+3. "Dinamo" futbolchilari burchak to'pini amalga oshirmoqda. Hamma raqib jarima maydoni ichida. Hatto darvozabon Melnichuk ham!
90+1. Qo'ziboev maydonga tushiboq jamoasining navbatdagi hujumini boshlab berdi. Doniyor Usmonov katta tezlik bilan himoyachilardan qochib ketdi. Ammo u bir raqibini aldashga kelganda, ko'zlagan maqsadiga erisha olmadi.
90+1. Mehmonlar tarkibida so'nggi o'zgarish. Izzat G'aniev o'rniga Nodirbek Qo'ziboev tushdi.
Bosh hakam ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 4 daqiqa vaqt qo'shib berldi.
90. G'aniev raqibi Zokirovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Ibragimov jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi.
90. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari katta xayajon ostida o'tmoqda.
87. Aziz Ibragimov autdan to'pni o'yinga kiritdi. Baklanov hammadan baland sakrab to'pni qaytarishga erishdi.
85. Mezbonlar asosiy etiborini hujumga qaratmoqda.
83. Sardor Eminov tahminan 30 metrlardan jarima zarbasni amalga oshirdi. Uning yo'llagan zarbasidan so'ng Melnichuk to'pni qiyinchilik bilan ushlab oldi.
82. Orif Mamadjonov jaroxat olib maydonni tark etmoqda. Uning o'rniga Aleksey Nikolaev maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
81. Izzat G'anievning darvoza tomon bergan kuchli zarbasi anchagina noaniq ketdi.
79. Endi mezbonlardan Avaz Agalievga sariq kartochka ko'rsatildi. "Dinamo" himoyachisi raqibi Ro'zievga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
77. XAVFLI VAZIIIYAYAT! Aziz Ibragimov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotganida Xasanboy Ergashev ildamroq xarakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
75. Orif Mamadjonov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Ammo samarqandliklar xavfni bartaraf etdi.
72. To'xtaboev o'z o'rnini Nosir Otaqo'zievga bo'shatib bermoqda.
70. Nikolay CHipev o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Havolatib uzatilgan to'pni To'xtaboev bosh bilan qaytarib yubordi.
68. "Dinamo" futbolchilari hisobni tenglashtirishga oshiqmoqda. Ammo mehmonlar hozircha himoyada bexato xarakat qilib, qarshi hujumdan unumli foydalanishga etibor qaratgandek.
64. Sardor Eminov goh o'ng goh chap qanotdan hujum tashkil etib, raqib himoyachilariga etarlicha tashvish tug'dirmoqda.
63. Quvondiq Ro'ziev maydon markazida raqibi CHipevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bobomurodov uni sariq kartochka bilan "siyladi".
60. XAVFLI VAZIIIYAYAYATT! Mehmonlar uchrashuvda ikkinchi golini urishga juda yaqin turgandi. Ammo Izzat G'anievning kuchli zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.
58. Mezbonlar hujumga zo'r bermoqda.
55. Stadion larzaga keldi. Tachmurod Agamurodov asabiylashmoqda. Bosh hakam "Dinamo" ustoziga joyida o'tirishi kerakligini ko'rsatmoqda.
54. GOL! Aziz Ibragimov! Samarqandliklar golni nishonlayotganida qanot hakami o'yindan tashqari xolat qayd etilganini ko'rsatdi!
52. Agalievning bergan kuchli zarbasidan so'ng to'p Ilinga tegib qaytdi.
51. Murodovning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini mehmonlar himoyachisi Jalil Kimsanov bosh bilan qaytardi.
50. Aziz Ibragimov jarima maydoni tashqarisidan turib darvozaga zarba yo'lladi. Baklanov o'z o'rnida!
48. Marufxon Murodov o'ng qanotdan oldinga intildi. Ammo Xasanboy Ergashev unga peshvoz chiqdi. To'p maydonni tark etdi.
47. Quvondiq Ro'ziev to'pni oldinda turgan sherigi Doniyor Usmonov oshirib, yangi hujum boshladi. Usmonov katta tezlikda to'pni egallab oldi va oldinga yurish qildi. Ammo hakam to'p uchun kurashda Usmonovni himoyachi Xolmurodovga nisbatan qo'pollik ishlatdi deya baholadi.
* "Dinamo" tarkibida o'zgarish yuz berdi. Konstantin Mondrachenko o'rniga Marufxon Murodov tushdi.
46. IKKINCHI TAYMGA START BERILDI!
* Futbolchilar maydonga chiqib kelmoqda. Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida.
* Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus!
45+2. Avaz Agaliev chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. To'p Kimsanovga tegib, maydonna tark etdi.
45. Bosh hakam birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
42. Otabek Zokirovning o'ng qanotdan havolatib oshirgan to'pini Izzat G'aniev bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bu futbolchilar o'tgan yili "Neftchi" safida birga o'ynagandi.
41. Ilya Ilin jaroxat oldi. SHifokorlar uni maydon chetiga olib chiqib, muolaja ko'rsatmoqda.
39. Konstantin Mondrachenko chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. To'pni himoyachi Hasanboy Ergashev bosh bilan qaytarib, xavfni bartaraf etdi!
36. Hujumchi Doniyor Usmonov o'ng qanotdan ham reyd uyushtirib, himoyachilarni sarosimada ushlab turibdi.
34. XAVFLI VAZIYAYAYAT! Nikolay CHipev sal bo'lmasa hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Raqib qurshovida bo'lishiga qaramay bolgariyalik futbolchi darvoza tomon zarba yo'lladi. Ammo to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.
* Tabiiyki qo'qonlik muxlislarning kayfiyati chog'. Ular "Quuqon" "Quuqon" deya hayqirmoqda.
* Samarqandiklar tarkibida Otabek Zokirov ham faollik ko'rsatishga urinmoqda. Ammo uni qo'llab-quvvatlaydigan tandem topilmayapti hozircha.
30. "Dinamo" tarkibida bu yil tarkib deyarli yangitdan tuzilgani bois futbolchilar hozircha bir-birlarini to'liq tushunib ketishmagani bilinib turibdi.
17. Doniyor Usmonov chap qanotdan katta tezlikda oldinga intildi. To'p "Dinamo" futbolchisiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi.
15. GOOOOOOLL! Orif Mamadjonov!
1. O'yinni qo'qonliklar hujumkor ruhda boshladi.
* Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida har ikki klub sardorlari Andrey Melnichuk va Aziz To'xtaboev O'zbekiston respublikasining davlat bayrog'ini ko'tarmoqda!
* Samarqandda yangi mavsumning ilk uchrashuvi bo'layotgani sababli ochilish marosimini Samarqand shahar hokimi SHukurov Akbar Safarovich ochib bermoqda.
* Diqqat qiling! Jamoalar PFL madxiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelmoqda!
* Stadion tribunasi to'lib toshdi deya olmaymiz! Muxlislarning tashrifi davom etmoqda.
* Jamoalar tarkibi malum!
* Ayni damda har ikki jamoa futbolchilari chigalyozdi mashklarini bajarish uchun maydonga chiqib keldi.
* Samarqad shahriga shu bugun Qo'qondan etib kelgan muxlislar soni 200dan kam emas.
* Qo'qonda ishqibozlar katta futbol qaytishini juda-juda xohlagandi. Ular intiqlik bilan kutgan damlar nihoyat etib keldi.
* O'n ikki yildan so'ng yana oliy ligaga qaytgan "Qo'qon-1912" bugun taqvimga ko'ra chempionatni "Dinamo"ga qarshi boshlaydi.
* Samarqanddagi "Dinamo" stadionidan reportajimizni boshlaymiz.
* Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!
* Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar