So’nggi yangiliklar

14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  0 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  13 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  9 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7

"Qo'qon-1912": No'mon Hasanovni tabriklaymiz! Yangiliklar

"Qo'qon-1912": No'mon Hasanovni tabriklaymiz!

Bugun "Qo'qon-1912" ustozi No'mon Hasanovning tug'ilgan kuni. Bugun No'mon Nurmatovich 47 yoshini qarshi olmoqda.

SHu munosabat bilan “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va “Markaziy” o'yingoh xodimlari hamda muxlislar nomidan u kishini chin yurakdan tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik yangi mavsumda omad tilab qolamiz.


QO'QON FAXRI

Qo'qonlik futbol ishqibozlari terma jamoamizning Jahon chempionati saralash bosqichlaridagi birinchi gol muallifi bo'lgan No'mon Hasanovni o'zgacha bir sharaf bilan tilga olishadi. Qo'qonliklar faxri bo'lgan No'mon Hasanov o'zbek futbolida o'ziga xos nom qozongan mutaxassislardan biri sanaladi.

No'mon Nurmatovich futbolchilik faoliyatida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritgan.

Bugungi kunda murabbiy sifatida ishlayotgan No'mon Hasanovning shuhrati futbolchilik faoliyatida mavqeidan kam emas.

O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi chinakam kashfiyot bo'ldi. Bunda albatta bosh murabbiymizning hissasi beqiyos.

Yangi mavsum boshlanishi arafasida 47 yoshni qarshi olayotgan mutaxassis oqilona selekciya ishlarini olib borgani natijasida “Qo'qon-1912” jamoasi safiga bir qator tajribali futbolchilar kelib qo'shilishdi.

Bu esa boshlanajak superliga bahslarida ham jamoamiz muxlislar kutgan natijalarini ko'rsata olishiga zamin yaratadi. Jamoamizning g'alabali onlari hali oldinda.

Yana bir bor tug'ilgan kun muborak, hurmatli No'mon Nurmatovich!, - deb yozadi "Qo'qon-1912" klubi rasmiy sayti.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика