"Qo'qon-1912": Nazorat uchrashuvidagi raqiblar malum
26 fev 2016 07:59
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Nazorat uchrashuvidagi raqiblar malum
Kechadan "Qo'qon-1912" “Obod” bilan bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Qo'qonda yig'ilgan futbolchilar kecha bir mahal mashg'ulot bilan cheklanishdi. Bugundan mashg'ulotlar ikki mahalga kuchadi. Futbolchilarimiz Dang'ara tumanidagi stadionda shug'ullanishmoqda. Buning sababi “Markaziy” o'yingoh ayni damda mavsumga tayyorlanyapti.
Oldin xabar berib o'tganimizdek, Oliy liga birinchi turi oldidan vakillarimiz nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirishgandi. 28 fevral kuni “Qo'qon-1912” jamoasi ikki tarkib bilan ikkita nazorat uchrashuvida ishtirok etadi.
SHu kuni asosiy tarkib vakillari Namanganda “Navbahor”ga qarshi maydonga tushishsa, ikkinchi tarkib Farg'ona viloyati chempioni va kubogi sohibi “FarDU-Futbol info” bilan o'ynaydi. Bu uchrashuv Dang'ara tumanidagi stadionda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar