So’nggi yangiliklar

09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5

"Qo'qon-1912": Nazorat uchrashuvida "qizillar" g'olib Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Nazorat uchrashuvida "qizillar" g'olib

Teglar :  Qo'qon-1912
Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi bugun birinchi yig'inni yakunlaydi.

Bugun jamoa 2015 yil yakunlari va yangi yil munosabati bilan tadbir o'tkazadi.

Kecha esa jamoamiz ikkiga bo'lingan holda o'zaro o'ynadi. Qo'qonda “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tgan uchrashuvda “Qizillar” 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yinni birinchi bo'limi deyarli teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa navbat bilan ustunlikni qo'lga kiritishga harakat qilishdi. “Qizillar” safida to'p surgan Otabek Haydarov va Otabek Zokirovlar muxlislar olqishiga sazovor bo'lishdi. “Yashillar” sharafini himoya qilgan Ruslan Matniyozov ham o'zining marohatini namoyish etdi. Ruslan bir safar jamoasini  muqarrar goldan saqlab qoldi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Izzat G'aniev tomonidan oshirilgan to'pni Otabek Zokirov darvozaga aniq yo'llab hisobni ochdi. 17-daqiqaga kelib hisob tenglashdi. Azizxon Ibragimovning pasidan so'ng, Muhammadanas Hasanov muvozanatni tikladi. Bo'lim yakunlanish arafsida Otabek Haydarov “Qizillar”ni yana oldinga olib chiqdi. Orif Mamajonovning uzatmasini Haydarov golga aylantirdi.

Ikkinchi bo'limda  bosh murabbiy yoshlarni sinab ko'rish maqsadida 16 yoshli Ibrohim Muxtorovni Nodir Qo'ziboev o'rniga maydonga tushirdi. So'ngra,  Abror Rahmonov o'rniga Doston Meliqo'ziev,  Xayrulla Jakbarov o'rniga Jamshid Rahmonovlar maydonga tushishdi.

2-bo'limni deyarli yarmini qizillar bir  kishi kam bo'lib  o'tkazishdi . Jarohat olgan Orif Mamajonov maydonni erta tark etdi.

SHuningdek, jarohati bois etakchi o'yinchilar Nosir Otaqo'ziev, Aziz To'xtaboev va betobligi sababli darvozabon Andrey Baklanovlar o'yinni tomoshabin sifatida kuzatishdi.

Muxlislarga notanish bo'lgan Xayrulla Jakbarov va Jamshid Rahmonov mahalliy yoshlardan bo'lib, murabbiylar ko'rigidan o'tishmoqda.

Jamoamiz kecha o'tgan mavsumda jamoaning asosiy tarkibida o'ynagan, shu kunda qadar jamoa bilan birga bo'lib turgan barcha futbolchilar bilan yangi shartnomalarni imzoladi. Yangi kelgan Otabek Zokirov va Izzat G'anievdan tashqari hamma futbolchilar bilan shartnomalar 2 yil muddatga tuzildi.

Aytgancha, o'yinni 200 nafarga yaqin tomoshabin bevosita stadionda kuzatib borishdi.

Nazorat uchrashuvi

“Qizillar” – “Yashillar” 2:1

Gollar: Otabek Zokirov – 9. Otabek Haydarov – 38. – Muhammadanas Hasanov – 17.

“Qizilar”: Aziz Ashurov (Islom Abdullaev), Laziz Nazirov, Ismoil Oxunjonov, Avazxon Mamatxujaev, Maruf Zokirjonov, Izzat G'aniev, Bahodir Akramov, Nodir Qo'ziboev (Ibrohim Muxtorov), Orif Mamajonov, Otabek Zokirov, Otabek Haydarov.

"Yashillar": Ruslan Matniyazov, Oybek Nurboev, Ilya Ilin, Oybek Rustamov, Jalil Kimsanov, Furqat Hasanboev, Iqbol Malikjonov, Xayrulla Jakbarov (Jamshid Rahmonov), Azizxon Ibragimov, Abror Rahmonov (Doston Meliqo'ziev), Muhammadanas Hasanov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика