So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  7 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilmaydi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilmaydi

Bugun Superligada 7-tur uchrashuvlari yakuniga etadi.

Qo'qonda "Qo'qon-1912" jamoasi "Nasaf"ni qabul qiladi. Odatdagidek, ushbu bellashuv ham Sport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etilishi kerak edi. Lekin, biroz avval Sport TVning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uchrashuv texnik sabablarga ko'ra ertaga, 22 aprel kuni yozib olingan holda ko'rsatilishi haqida yozildi.

Vaziyatga yanada oydinlik kiritish maqsadida kanal xodimlari bilan aloqaga chiqdik va quyidagi javobni oldik: "Afsuski, mamlakatimizdagi hamma stadionlarda ham stadionlardan signal uzatadigan optik tolali kabel yo'q. Qo'qondagi stadion viloyat televideniyasidan uzoqda joylashgan. SHu sabab, bu yanada qiyinlashdi. Busiz ham to'lqin orqali jonli efirga chiqsa bo'ladi. Ammo, bunday qurilmalar soni sanoqli bo'lib, ular boshqa tadbirlarda band. MTRK va PFL klublar bilan bu borada amaliy ish olib boradi va nasib qilsa barcha stadionlar optik tolali kabel bilan qamrab olinadi", - deya javob berdi Sport telekanali xodimi.

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi Sport TVda ertaga, 22 aprel kuni yozib olingan holda namoyish etiladi.


Superliga. "Qo'qon-1912" - "Nasaf". Tarkiblar malum

Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика