So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

"Qo'qon-1912" Murodjon Ismoilovni yangi murabbiy sifatida tanishtirdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" Murodjon Ismoilovni yangi murabbiy sifatida tanishtirdi

Bugun Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohining anjumanlar zalida “Qo'qon-1912” jamoasining yangi bosh murabbiyi Murodjon Ismoilovni tanishtirish marosimi o'tkazildi.

Unda jamoamizning ayrim futbolchilari va muxlislar klubi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida “Qo'qon-1912” futbol klubi vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyor Tolipov so'zga chiqib, yangi bosh murabbiyni tanishtirishdi va jamoaning keyingi rejalari xususida to'xtalib o'tishdi.

Mana qariyib bir oydan beri “Qo'qon-1912” jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi borasidagi savol kundalang turgandi. Nihoyat, ikki kun oldin bu masalaga oydinlik kiritildi. Jamoamizga Murodjon Ismoilov bosh murabbiy etib tayinlandi. Yangi mavsumga tayyorgarlikni 17 dekabrdan boshlaymiz. 28 dekabr kuni katta tadbir o'tkazish rejalashtirilgan. Aynan shu kuni ko'p savollarga javob topiladi.


SHundan keyin so'z navbati klubning yangi bosh murabbbiyi Murodjon Ismoilovga berildi.

“Qo'qon-1912” jamoasidan tushgan taklif men uchun yangi chaqiriq bo'ldi. Qo'qon futboli buyuk tarixiga ega. Bu erdagi futbolga bo'lgan munosabat ham boshqacha. Klub rahbarlari, muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz", dedi murabbiy.

Muxlislardan birining “jamoaga yangi futbolchilar taklif etiladimi?” degan savolga Murod Muzaffarovich quyidagicha javob qaytardi:

"Albatta har bir murabbiyining o'z qarashi bor. Avvalo jamoada o'ynagan futbolchilar bilan gaplashib ko'ramiz. Keyin qaysi chiziqlarni kuchaytirish lozim bo'lsa, o'sha chiziqlarga yangi futbolchilarni taklif etamiz. Ko'z ostimga olib qo'ygan futbolchilar ham bor. Lekin ular borasida hozir bir narsa deya olmayman".

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика