So’nggi yangiliklar

09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  1 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  6 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  10 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасига кўрикдан ўтмоқда  3 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  35 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  7 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  4 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0

"Qo'qon-1912": Mavsumning yoqimli lahzalari Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Mavsumning yoqimli lahzalari

Teglar :  Qo'qon-1912
Yana bir futbol mavsumi tarixga aylandi. Odatda bundan paytda mavsum yakunlari sarhisob qilinadi.

Bugun ham ananamizni davom ettiramiz. Bugungi maqolamizda “Qo'qon-1912” jamoasining mavsumdagi yoqimli lahzalarini yodga olib o'tamiz.

Debyutdagi ajoyib g'alaba

“Qo'qon-1912” jamoasi kuchlilar safiga qo'shilgach, mavsumdagi birinchi uchrashuvini safarda Oliy liganing o'rtamiyona klublaridan biri – Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazishiga to'g'ri keldi. Mazkur uchrashuvda ko'pchilik mezbonlarning g'alabasini taxmin qilgandi. Ammo o'zgacha ishtiyoq bilan quhna shaharga tashrif buyurgan jamoamiz azolari Orif Mamajonovning yagona goli evaziga maydon egalarni dog'da qoldirishga muvaffaq bo'lishdi va qo'qonlik futbol muxlislariga yoqimli onlarni taqdim etishdi.

CHempionga atalgan syurpriz

Samarqanddagi g'alabadan keyin futbolchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch ortgani bois, 2-tur doirasidagi “Paxtakor”ga qarshi bo'ladigan o'yinga o'zgacha tayyorgarlik ko'rilayotgan edi. Ammo ushbu bahs boshqa muddatga qoldirildi.

SHunday bo'lsa-da, qo'qonliklar mamlakat chempioniga syurpriz taqdim eta olishdi. Qo'qondagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tgan uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda “SHerlar” mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. SHu kuni o'yingohga tashrif buyurgan minglab muxlislar uylariga xursand holda qaytganliklariga shubha yo'q.

“Dinamo” yana taslim etildi

Birinchi davra jamoamiz uchun biroz omadsiz o'tdi. “Qo'qon-1912” malum vaqt g'alaba qozona olmagayotgandi. SHuning uchun muxlislar ikkinchi davrani intiqlik bilan kutishayotgandi. Ikkinchi davradagi ilk raqib esa “Dinamo” edi. SHu paytga borib samarqandliklarga qo'qonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlangandi. SHu bois, 16-tur doirasidagi o'yinga bo'lgan qiziqish katta bo'ldi. Uchrashuvni ajoyib tarzda o'tkazgan vakillarimiz 3:1 hisobidagi g'alaba orqali qo'qonlik futbol ixlosmandlariga bayramona kayfiyat ulasha olishdi.

“Lokomotiv”ning “qoqilishi”

Ko'pchilik futbol ishqibozlari “Lokomotiv”ning chempion bo'la olmaganiga aynan Qo'qondagi o'yinda yo'qotilgan ochkolarni sabab qilib ko'rsatishmoqda.

25-tur doirasida o'tgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” bahsi oldidan ko'plab muxlisu- mutaxassislar “Temiryo'lchilar”ning imkoniyatini yuqori baholashgandi. Biroq, barcha taxminlarning yo'qqa chiqargan vakillarimiz 0:2 hisobini 2:2ga aylantira olishdi. Ushbu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ammo so'nggi daqiqalarda omad bizdan yuz o'girdi. “Loko”dan olingan bir ochko ham qo'qonlik muxlislarga quvonchli onlarni taqdim etdi. CHunki, mamlakatimizning etakchi jamoalaridan ochko olish har qaysi jamoaga ham nasib etavermaydi.

Tarixning yangilanishi

Viloyat derbisi oldidan vakillarimiz “Metallurg”ni dog'da qoldirib, elitada qolish masalasini deyarli hal etishgan va futbolchilar yaxshi sport formasida edi.

Ammo Farg'onada bo'lib o'tgan bahsda ko'pchilik mezbonlar g'alabasini taxmin qilgandi. Biroq etakchilardan ochko tortib olish hadisini olgan “Qo'qon-1912” futbolchilari bu safar ham muxlislarga tarixiy g'alabani tortiq eta olishdi. Derbida asosiy hujumchilar – Nosir Otaqo'ziev va Otabek Haydarovlar ayrim sabalarga ko'ra ishtirok eta olishmadi. Lekin “Istiqlol” stadionidagi o'yinda katta sahnaga Doniyor Usmonov chiqdi. Uning yagona goli tarixni yangilanishi uchun zamin yaratdi. “Qo'qon-1912” jamoasi shu kunga qadar Oliy liga doirasida “Neftchi”ni mag'lub eta olmayotgandi. 2015 yilning 30 oktyabr sanasida bu yoqimsiz ananaga barham berildi. SHu kuni ko'pchilik “Qo'qon-1912”ga muxlislik qilganini ham alohida etirof etish joiz.

Mazkur uchrashuvdagi g'alabadan so'ng jamoamizning kuchlilar safida qolishini rasman  aniq bo'ldi. Qo'qonlik ishqibozlar ushbu bellashuvni uzoq vaqt eslarida saqlab yurishlariga shubha yo'q.

Umid qilamizki, yangi mavsumda ham jamoamizning yoqimli lahzalari ko'p bo'ladi va jamoamiz muxlislari g'alabalardan saramast bo'lishadi. Jamoamizning yagona maqsadi ham shu.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика