So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

"Qo'qon-1912": Mashg'ulotlarga yangi futbolchilar kelib qo'shildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Mashg'ulotlarga yangi futbolchilar kelib qo'shildi

Teglar :  Qo'qon-1912
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarga zur bermoqda.

Murod Ismoilov boshchiligidagi murabbiylar shtabi esa tarkibni shakllantirish borasidagi selekciya ishlarini davom ettirishmoqda. Kechagi mashg'ulotga yangi futbolchilar kelib qo'shildi. Bular o'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Qo'qon-1912” jamoasi safida o'tkazgan Ilhom Komilov va anchadan beri kelishi kutilayotgan Ildar Mamatkazin.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Ilhom Komilov o'tgan yili jamoamiz safida to'p surgan va muxlislarda yaxshi taassurot qoldirgan. Yangi mavsumni ham “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida o'tkazishni xohlagan himoyachi kechadan mashg'ulotga qo'shildi.

Ildar Mamatkazin esa o'tgan mavsumni Samarqandning “Dinamo” klubida o'tkazgan.

SHuningdek, “Oq-tepa” klubining ikki futbochlisi hujumchi Abdul Aziz Yusupov va himoyachi Zafar Qoraqulovlar ham jamoamizning  Toshkentdagi yig'iniga qo'shilishdi. Yusupov o'tgan mavsum birinchi ligada 17 ta gol urdi. Zafar Qoraqulov esa “Oq-tepa” safida eng ko'p o'yinda maydonga tushdi.

Bu futbolchilarning jamoada qolish-qolmasligi yaqin kunlarda oydinlashadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика