So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

“Qo'qon-1912” mashg'ulotlarga kirishdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” mashg'ulotlarga kirishdi

Teglar :  Qo'qon-1912
G'uzordagi uchrashuvdan keyin futbolchilarimizga kichik tatil berilgandi.

O'sha tatil yakunlanib, mashg'ulotlar boshlandi. Kecha soat 16:00da “Qo'qon-1912” azolari “Markaziy” o'yingohda to'planib mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.

Tug'ilgan kun

Kecha jamoamizning etakchilaridan biriga aylanib borayotgan, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi – Quvondiq Ro'ziev tug'ilgan kunini nishonladi. Mashg'ulotdan oldin klub azolari ushbu futbolchimizni tavallud ayyomi bilan tabriklashdi.

Bugundan boshlab…

Kechagi mashg'ulot bir yarim soat davom etdi. Bugundan etiboran Rustam Abdullaev shogirdlari kuniga ikki mahaldan shug'ullanishadi. CHempionat bahslari yakuniga etgan sari qo'lga kiritiladigan har bir ochkoning qimmati oshib boraveradi. Buni yaxshi anglagan vakillarimiz mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda.

Jahoratlar

Jamoamiz G'uzor shahriga bir qator mahoratli futbolchilarning jarohat olgani tufayli katta yo'qotish bilan borganidan xabaringiz bor. Lekin shunday bo'lsa-da, bir ochko qo'lga kiritilgani tahsinga loyiq.

Bugungi kunga kelib, jarohatlangan o'yinchilarning aksariyati safga qaytgan. Faqat kechagi mashg'ulotda Bahodir Akramov va Furqat Hasanboevlar yakka holda shug'ullanishdi.

Nazorat uchrashuvi

Oliy ligada yuzaga kelgan kichik tanaffusda o'yin amaliyotisiz qolib ketmaslik maqsadida murabbiylar shtabi nazorat uchrashuvini o'tkazishga qaror qilgan. Ayni damda sparring raqib bo'lishi mumkin bo'lgan jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu uchrashuv 9 oktyabr kuniga rejalashtirilgan. Raqib haqida keyinroq malumot berib o'tamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика