So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1

“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” prevyu Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” prevyu

Avval xabar berib o'tganimizdek, 17 may kuni Oliy liga 11-turida Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qo'qonda “Qo'qon-1912” mehmoni bo'ladi.

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlari haqida malumot berib o'tamiz.

O'zaro o'yinlar

“Lokomotiv” va “Qo'qon-1912” klublari bundan oldin oliy ligada  to'rt marta to'qnash kelishgan.

Uchrashuvlarining uchtasida “Lokomotiv” g'alaba qozongan. Bitta bahsda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 10:3 “Loko” foydasiga.

O'tgan yili Qo'qonda o'tkazilgan birinchi davra uchrashuvida “Temiryo'lchilar” 3:1  hisobida g'alaba qozonishgan.

Aytgancha, 2015 yili 16 oktyabr kuni Qo'qondagi bo'lib o'tgan o'yinda esa 2:2 hisobi qayd etilgan.

Hakamlar

Qo'qondagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni FIFA hakami Vladislav Ceytlin boshqarib boradigan bo'ldi.

Vladislav Ceytlin  18 mart kuni Qo'qonda o'tgan “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvini ham boshqargandi. O'ysha o'yinda vakillarimiz 1:0 hisobida raqibdan ustun kelishgan.

Oliy liga
11-tur
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
O'zPFL vakili: B. Mametov

Boshlanish vaqtlari

Mazkur uchrashuv 17 may kuni soat 17:30da boshlanish rejalashtirilgan. O'rinbosarlar bahsi esa bugun  soat 16:30da boshlanadi. Barcha futbol muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика