"Qo'qon-1912": "Loko"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
23 okt 2017 08:35
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": "Loko"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi
“Navbahor” ustidan qozonilgan ajoyib g'alabadan keyin "Qo'qon-1912" futbolchilari darhol navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Bunga sabab tavqimning tig'iz kelgani bo'ldi. 25 oktyabr kuni "Qo'qon-1912" Toshkentda amaldagi chempion – “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.
Kecha jamoa azolari Toshkentga yig'ilishdi va “Loko” bilan bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlashdi. Navbatdagi bahsda ham muxlislarni xursand etishni maqsad qilgan futbolchilar mashg'ulotlarga zo'r berishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar