"Qo'qon-1912" klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2019, 11:56
Farg'ona shahrida “Qo'qon-1912” jamoasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda jamoa rahbariyati, murabbyilar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.

Yig'ilishni “Qo'qon-1912” futbol klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov olib bordi. Kun tartibidan o'rin olgan masala Olmaliqda bo'lib o'tgan o'yin tahliliga bag'ishlandi. Jamoaning mazkur bahsda sust harakat qilishi va o'ta yirik hisobda mag'lubiyatga uchragani klub rahbariyati hamda muxlislarini ranjitdi.

"Bu mag'lubiyatda barchaning birdek aybi bor. Jamoaning hamma a'zosi o'ziga belgilangan vazifani yurakdan chiqarib bajarmasa , ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Biz bir oila bo'lib jipslashishimiz , bir yoqadan bosh chiqarib ishlab, viloyat rahbariyati hamda muxlislarimiz oldida yuzimizni yorug' qilishimiz kerak. Futbolchilarimizga nima sharoit kerak bo'lsa yaratib berishga tayyormiz. Endi o'tgan o'yinni esdan chiqarib , oldimizda turgan o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga tushishimiz lozim. Bu futbol, unda har hil natijalar bo'lib turadi. Ruhan tushkunlikka tushmasdan, o'zimizga kelib olishimiz kerak" - dedi jumladan B Tolipov.

Yig'ilishda ushbu bellashuvda qo'pol xatolarga yo'l qo'ygan futbolchilar jiddiy ogohlantirildi.

Shuningdek, klubning barcha xodimlariga mavsumning qolgan qismida o'ziga berilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, jamoa muvaffaqiyatiga o'zining munosib hissasini qo'shish lozimligi takidlandi.

Futbolchilar va murabbylar shtabiga hali hammasini tuzatish imkoni borligi tushuntirib o'tildi. Keyingi turlarda  bo'lib o'tadigan o'yinlarda g'alaba qozonish, qo'qonlik muxlislarni xursand etish, turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilash, kelgusi o'yinlarda ishqibozlar uchun o'ynash kerakligi haqida topshiriqlar berildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz