"Qo'qon-1912" jamoasining Toshkentdagi sakkizinchi urinishi omadli chiqadimi?
12 may 2021 14:40
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" jamoasining Toshkentdagi sakkizinchi urinishi omadli chiqadimi?
"Qo'qon-1912" jamoasi 2015 yil Oliy ligaga chiqqanidan so'ng "Paxtakor"ni hali chempionat doirasida Toshkentda mag'lub etishni uddasidan chiqqani yo'q. Jamoa poytaxtda kechgan ettita o'yinda bir marotaba durang qayd etgan. Quyida barcha etti o'yin natijalari bilan tanishishingiz mumkin. Bir narsani aytib o'tish joiz, o'tgan mavsum markazlashgan tarzda Toshkentda "Lokomotiv" stadionida o'tgan chempionatdagi birinchi o'yinda qo'qonliklar nominal mezbon sifatida qayd etilgan. Ikkinchi davradagi bahsga esa "Paxtakor" stadioni mezbonlik qilgan. Uchrashuv poytaxtda bo'lgani bois bu o'yin natijasini ham kiritishga qaror qildik.
08.08.2015. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 4:1
11.03.2016. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 4:0
21.10.2017. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 2:0
06.05.2018. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 1:1
26.07.2019. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 3:1
11.08.2020. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 3:1
20.11.2020. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 2:1
"SHunqorlar"ning sakkizinchi urinishi omadli chiqadimi? Taxminlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
Fikrlar