Qo'qon-1912 jamoasi legioneri bilan kelishuvni bir yilga uzaytirdi
09 noy 09:07
Yangiliklar
Qo'qon-1912 jamoasi legioneri bilan kelishuvni bir yilga uzaytirdi
Qo'qon-1912 jamoasi SHota Gvazava bilan kelishuvni bir yilga uzaytirdi.
«Jamoamizga yozda kelib qo'shilgan gruziyalik yarim himoyachi SHota Gvazava «Qo'qon-1912» jamoasining asosiy futbolchisiga aylanib oldi.
Ikkinchi davradagi ishonchli o'yinlari orqali muxlislar etiboriga tushgan futbolchi bilan jamoamiz kelishuvni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi va endilikda yarim himoyachi kelasi mavsum ham «Qo'qon-1912» libosida harakat qiladi», — deyilgan qo'qonliklar matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
SHota joriy mavsum «Qo'qon-1912» safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 1 tadan gol va assist yozib qo'ydi.
Fikrlar