"Qo'qon-1912": Ilk o'rtoqlik uchrashuvini 10 yanvarda o'tkazamiz

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2016, 10:19
Avval xabar berib o'tganimizdek, kecha “Qo'qon-1912” jamoasi a'zolari o'z qarorgohiga yig'ilib, Toshkentga jo'nab ketishdi.

Vakillarimiz “O'zbekiston” mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Ikkinchi yig'in davomida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilgan. O'yinlar sanasi ma'lum bo'ldi. Jamoa 2016 yildagi birinchi o'yinini 10 yanvar kuni o'tkazadi. Keyingi bahslar 14, 18, 21 yanvar kunlariga belgilangan. Raqiblar bilan muzokaralar davom etmoqda.

Yangi o'yinchilar ko'rikdan o'tishi ko'zda tutilgan, keyinroq bu haqida ham ma'lumot beramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz