So’nggi yangiliklar

17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  0 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  1 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  3 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  6 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  4 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  6 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  27 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  3 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  25 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5

“Qo'qon-1912” faxriylari Farg'onadagi turnir g'olibi! Yangiliklar

“Qo'qon-1912” faxriylari Farg'onadagi turnir g'olibi!

Bugun Farg'onada faxriy futbolchilar o'rtasida ananaviy Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan mini futbol turniri o'tkazildi.

Farg'ona viloyat hokimligi, viloyat mini-futbol assosiaciyasi va “Real futbol professional klubi” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan musobaqada sakkizta jamoa olimpiya tizimida o'zaro kurash olib borishdi.

Birinchi bo'lib “Qo'qon-1912” va Namangan viloyatidan tashrif buyurgan faxriylar maydonga tushishdi. Qiziqarli va keskin kurashlar boy tarzda bo'lib o'tgan uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida intiho topdi. Penalti seriyasida esa qo'qonlik faxriylar g'olib chiqishdi.

Ikkinchi o'yinda “Neftchi” va “Istiqlol” faxriylari to'pi surishdi. Mazkur bahsda farg'onaliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi.



CHimyon tumanidan tashrif buyurgan faxriylar va Marg'ilonning “Omad” jamoalari ham birinchi bosqichda g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l olishdi.

Yarim finalning birinchi uchrashuvda “Neftchi” va CHimyon farxiylari maydonga tushishdi. O'yining asosiy vaqtida 4:4 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa farg'onaliklarga omad kulib boqdi.



Ikkinchi yarim finalda “Qo'qon-1912” faxriylari “Omad” faxriylariga qarshi to'p surishdi. Ushbu bahsning asosiy vaqti ham 4:4 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida qo'qonliklar raqibdan ustun kelishdi.

Turnir finalida “Neftchi” – “Qo'qon-1912” jamoalarining faxriy futbolchilari bellashdilar.

Musobaqada “Neftchi” PFK bosh direktori Rustam Abdullaev, bosh murabbiy Andrey Fyodorov, murabbiylar shtabi vakillari: Abdusamad Do'rmonov, Sergey Lebedev hamda Bahodir SHamshiddinov, G'ayrat Rayimjonov, taniqli sobiq hakam Sulton Zaylobiddinov, sobiq futbolchi Igor Burovlar ham “Neftchi” jamoasi nomi ostida o'z ishtiroklarini taminlashdi. SHu qatori “Xotira va qadrlash kuni”ga bag'ishlangan turnirda sobiq o'yinchilar, yaqin o'tmishning taniqli futbol vakillarini ham uchratish mumkin bo'ldi.



Qiziqarli va gollarga boy o'tgan bahsda “Qo'qon-1912” jamoasi faxriy futbolchilari 9:4 hisobida g'alaba qozonib, turnirning bosh sovriniga ega chiqishdi.


"Neftchi" va "Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика