So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  8 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  88 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  8 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

"Qo'qon-1912": Ertadan “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik boshlanadi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Ertadan “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik boshlanadi

Teglar :  Qo'qon-1912
Futbol o'yini juda qiziq. Bugun g'alaba qozonsang, ertaga mag'lubiyatga uchrashing tayin.

Futbol olamida mag'lubiyatga uchramagan jamoaning o'zi yo'q. Hatto mashhur klublar ham raqib oldida bosh egishga majbur bo'lishadi. Bu – futbolning yozilmagan qonuni.

Ayni damda “Qo'qon-1912” jamoasi mag'lubiyatlar girdobida qolib ketdi. Jamoamiz so'nggi to'rtta uchrashuvda raqiblarga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Lekin bu bilan hayot to'xtab qolgani yo'q. Mavsumning asosiy qismi hali oldinda. Hozirda murabbiylar shtabi jamoamizni yuzaga kelgan qiyin vaziyatdan  olib chiqish uchun bor kuchlarini ishga solishmoqda. Oldinda bizni qiyin o'yinlar kutib turibdi. Tayyorgarlik rejasi ham shunga monand ravishda tuzib chiqilmoqda.

Bekoboddagi o'yindan keyin futbolchilarga qisqa muddatli tatil berildi. Jamoamiz azolari 3 may kuniga qadar dam olishadi. Ertadan esa “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanadi.

Navbatdagi bahsda vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика